Toshkentdagi yangi inshootlarni ko‘rib, og‘zim ochilib qoldi.
og‘zim ochilib qoldi = hayron bo‘ldim
Ikki va undan ortiq so‘zning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriladigan, til egalari xotirasida mavjud bo‘lgan birliklar barqaror birikmalar deyiladi.
Farqi nimada?
Erkin va barqaror birikma
Erkin birikma
yangi kitob
So‘zlar erkin almashadi: yangi kitob, yangi uy, yangi yo‘l. Har safar nutqda yangidan tuziladi.
Barqaror birikma
og‘ziburni✕ ochilib qoldi
Tarkibidagi so‘zni almashtirib bo‘lmaydi: «burni ochilib qoldi» deyilmaydi. Birikma tayyor holda olinadi.
Barqaror birikmalar
Uch asosiy belgisi
Tayyor holda
Nutqdan oldin tilda tayyor turadi — biz uni tuzmaymiz, tayyor olamiz.
Ma’no butunligi
Bir butun ma’no beradi: og‘zi ochilib qoldi = hayron bo‘ldi.
Barqaror tarkib
So‘zlari va ularning tartibi o‘zgarmaydi.
Barqaror birikmalarni paremiologiya o‘rganadi (yun. paroimia — maqol, logos — ta’limot). Ularning lug‘atini tuzish bilan paremiografiya shug‘ullanadi.
Turlari
Barqaror birikmalar uch xil
Barqaror birikmalar
1
Iboralar (frazeologizmlar)
boshi osmonga yetdi
2
Maqol va matallar
Bolta tushguncha, to‘nka dam oladi.
3
Hikmatli so‘zlar (aforizmlar)
Rostgo‘y odam juda jasur bo‘ladi. (O‘tkir Hoshimov)
2-qism
Iboralar
frazeologizmlar
Rais daladagi hosilni ko‘rib boshi osmonga yetdikesim.
Ibora gapda bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi: boshi osmonga yetdi = juda xursand bo‘ldi.
Ma’no yaxlitligiga ega, ikki va undan ortiq so‘zdan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriladigan ko‘chma ma’nodagi barqaror birikmalar iboralar (frazeologizmlar) deyiladi.
Iboralar
Iboraning xususiyatlari
Ibora har doim bo‘yoqdor: ma’nosi so‘zga teng, lekin ta’sirchanroq.
Asosan badiiy uslubda qo‘llanadi; ilmiy va rasmiy uslubda deyarli uchramaydi.
Boshqa tilda aynan muqobili bo‘lmaydi — so‘zma-so‘z tarjima qilinmaydi.
Iboralarni o‘rinli qo‘llash nutqiy salohiyat yuqoriligidan dalolat beradi.
so‘z — oddiyxursand bo‘ldi
ibora — bo‘yoqdorboshi osmonga yetdi
Iboralar
So‘zma-so‘z tushunsak…
Iborani so‘zma-so‘z tushunib bo‘lmaydi — u ko‘chma ma’noda keladi.