Asosiy mazmunga oʻtish
Lison sehri
Kirish

Biz haqimizda

Platforma akademik litsey oʻquvchilari uchun oʻzbek tili leksikologiyasi kursini yagona raqamli makonda jamlaydi.

Maqsadlar

  1. 1.Leksikologiya kursini interaktiv raqamli shaklda yoyish va ommalashtirish.
  2. 2.Oʻquvchining mustaqil taʼlimiga qulay muhit yaratish: slayd, video va test bitta joyda.
  3. 3.Dars mashgʻulotlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan boyitish.

Vazifalar

  1. 1.Har bir mavzuga sifatli taqdimot va videodars tayyorlash.
  2. 2.Mavzuli testlar orqali bilimni darhol baholash imkonini berish.
  3. 3.Rolli suhbatlar va lugʻat treningi bilan amaliy koʻnikmalarni mustahkamlash.

Tamoyillar

  • Toʻliq kurs

    14 mavzu: taqdimot, videodars va test bir-biriga bogʻlangan.

  • Darhol baholash

    Har bir javob darhol tekshiriladi.

  • Bepul va ochiq

    Barcha materiallar bepul. Roʻyxatdan oʻtish faqat reyting uchun kerak.

14 mavzu · 162 slayd · 14 videodars · 530 test savoli · 652 izohli soʻz

Muallif

Tajiyeva Zuxra

Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, platforma muallifi

Akademik litsey oʻquvchilari uchun leksikologiya kursini raqamlashtirish loyihasi muallifi. Maqsad: murakkab mavzularni sodda, zamonaviy va qiziqarli shaklda yetkazish.

Telefon: +998 97 783 08 65

Materiallar manbasi

  • Slaydlar, viktorinalar va topshiriq varaqlari: muallifning iSpring kursi.
  • Imtihon savollari: dissertatsiya test banki (2008–2021), javob kalitlari oʻqituvchi tomonidan tekshirilgan.
  • Qoʻshimcha slaydlar: uz.wikipedia.org (CC BY-SA), har birida manba koʻrsatilgan.

Hamkor tashkilotlar

Platforma litsey dasturining oʻzbek tili boʻlimi bilan hamkorlikda rivojlantiriladi.

  • UrDTI akademik litseyi
  • FDTU 1-son akademik litseyi
  • Sharof Rashidov nomidagi SamDU 2-son akademik litseyi
  • TDIU «International Business» akademik litseyi
  • NamDTU 2-son akademik litseyi
  • Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU