Asosiy mazmunga oʻtish
Lison sehri
Kirish

Qoʻshimcha materiallar

Amaliy topshiriqlar, lugʻatlar va darslikdagi soʻzlar izohi.

Amaliy topshiriqlar varaqlari

  • 1Leksikologiya. Oʻzbek tili leksikasining boyish manbalari2 ta topshiriq

    1-topshiriq

    Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy haqida berilgan matn bilan tanishing, matn ichidagi ajratilgan soʻzlarga diqqat qiling. Boshqa tillardan soʻz oʻzlashishining sabablari toʻgʻrisida fikringizni ayting.

    Buyuk bobomiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy 783-yilda Xivada tugʻilgan. Keyinroq Bagʻdod shahridagi «Bayt ul-hikma» markazida faoliyat yuritgan. Alloma algebra fanining asoschisidir. Bilasizmi, «algoritm» soʻzini butun dunyo qoʻllaydi. Bu soʻz, aslida, buyuk bobomiz al-Xorazmiy nomining Yevropa tillarida tovush oʻzgarishidan hosil boʻlgan shaklidir. Yevropaliklar har qanday sanoq tizimidagi hisoblashni «algoritm» deb atashgan.

    Hozirgi kunda bu soʻz kompyuterdagi protsessor, dastur kabi ijro qurilmalarining bajaradigan maqsadli amallari maʼnosini bildiradi. Har qanday elektron hisoblash texnikasi, kompyuter, mobil aloqa apparatlari, maishiy texnika asboblari, hatto kosmik kemalar ham algoritm asosida ishlaydi. Ha, bu hisoblash tizimini buyuk bobomiz – «algoritm otasi» al-Xorazmiy kashf etganlar.

    — «Arboblar» kitobidan

    Matnni koʻchiring. Olinma soʻzlarning tagiga chizing va izohlang.

    Odamlarning 10 foizi noyob talantga ega boʻladi. Ular intellektual rivojlangan insonlar sanaladi. Maʼlumotlarga koʻra daholarning aksariyati bolalik chogʻidayoq oʻz isteʼdodlarini namoyon etishgan. Oʻta talantli bolalarni vunderkind deyishadi. Masalan, Alisher Navoiy, Imom al-Buxoriy, Motsartlar sakkiz yoshdayoq oʻz zakovatlari bilan atrofidagilarni lol qoldirishgan.

    2-topshiriq

    Matnda ajratib koʻrsatilgan xalqaro doiraga xos soʻzlarning muqobillarini tanlang.

    YUNESKO

    1945-yil 16-noyabr. London. Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin fashistik Germaniyaga qarshi tuzilgan ittifoqdosh davlatlar taʼlim vazirlarining konferensiyasida BMTning taʼlim, ilm va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti – UNESCO (United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization) tuzildi. YUNESKO insoniyatning intellektual va axloqiy hamkorligini taʼminlashga qaratilgan faoliyatini qoʻllab-quvvatlash bilan yangi jahon urushlarining oldini olishni bosh maqsad qilib qoʻygan edi. Konferensiyada ishtirok etgan 37 davlat vakillari tomonidan YUNESKO Ustavi tasdiqlandi. Bu Ustav 1946-yil 4-noyabrdan kuchga kirdi.

    Ayni kunda YUNESKOning Bosh assambleyasi Parij shahrida joylashgan va uning aʼzolari soni 195 davlatdan iborat. Doimiy budjeti 653 million AQSH dollarini (2011-yil), budjetdan tashqari mablagʻi 500 million AQSH dollarini tashkil etadi. Ingliz, ispan, rus, fransuz, xitoy va arab tillari YUNESKOning rasmiy tillari hisoblanadi. Tashkilot davlatlar oʻrtasida maorif, fan, madaniyat, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro taʼlim standartlarini joriy etish, turli innovatsion loyihalarni amalga oshirish, savodsizlikka qarshi kurash, milliy madaniyatlarni oʻrganish, geologiya, okeanografiya, biosfera, gender tengligi sohalaridagi muammolarni bartaraf qilish boʻyicha faoliyat yuritadi. Tinchlikni va xavfsizlikni mustahkamlash, inson huquqlarini qadrlash masalalari ham YUNESKOning kun tartibidagi muammolardir.

    Oʻzbekiston suveren davlat sifatida 1993-yil 29-oktabrda YUNESKOga aʼzo boʻlib kirgan va 1994-yilda mazkur nufuzli xalqaro tashkilot tarkibida Respublika Milliy komissiyasi tashkil etilgan.

    Tavsiya etilgan soʻzlar

    • aqliy-maʼnaviy
    • mahorat va usullar majmuyi
    • bosh yigʻilish
    • mustaqil
    • nizom
    • majlis
    • yer tuzilishi haqidagi fan
    • okeanlar haqidagi fan
    • irqchilik mafkurasi
    • yerning tirik organizmlar tarqalgan qismi
    • jins
    • pul birligi, meʼyor-oʻlchov
    • alohida vakolatli guruh
    • umumxalq hokimiyati
    • aloqa turi
    • muayyan vaqt uchun tasdiqlangan daromad va xarajatlar yigʻindisi
    Taqdimotni ochish
  • 2Bir maʼnoli va koʻp maʼnoli soʻzlar. Koʻchma maʼno turlari4 ta topshiriq

    1-topshiriq

    Har bir soʻz berilgan birikmalarda koʻp maʼnoli (polisemiya) yoki shakldosh (omonimiya) ekanini aniqlang va belgilang.

    • Ppolisemiya (koʻp maʼnoli)
    • Oomonimiya (shakldoshlik)
    1. 1.Qora — qora qogʻoz · qora kunlar
    2. 2.Magʻiz — danak magʻzi · gapning magʻzi
    3. 3.Yozmoq — supra yozmoq · xat yozmoq
    4. 4.Yozmoq — qanot yozmoq · koʻngil yozmoq · chigal yozmoq
    5. 5.Yoz — yoz fasli · qalamda yoz
    6. 6.Yoʻl — yoʻl yurmoq · tuzalish yoʻli
    7. 7.Kul — oʻchoq kuli · ustidan kul
    8. 8.Toy — toy minmoq · paxta toyi · toyib yiqil
    9. 9.Til — odam tili · ingliz tili
    10. 10.Til — tirnoq bilan til · til bilmoq
    11. 11.Boy — boy odam · soʻzga boy
    12. 12.Boʻy — boʻyi kalta · muattar boʻy
    13. 13.Shish — boshdagi shish · qovogʻi shish(di)
    14. 14.Oq — oq latta · oq farzand
    15. 15.Oq — koʻzning oqi · oq yoʻl tila
    16. 16.Kirmoq — uyga kirmoq · oʻqishga kirmoq
    17. 17.Uch — uchta «Tiko» · qalam uchi · shimolga uch
    18. 18.Kecha — oydin kecha · kecha kelgan
    19. 19.Koʻcha — tor koʻcha · koʻngil koʻchasi
    20. 20.Boring — ishga boring · boring shumi
    21. 21.Oʻxshamoq — otasiga oʻxshaydi · ishim oʻxshamadi
    22. 22.Kelishgan — mehmonlar kelishgan · kelishgan yigit
    23. 23.Atlas — atlas koʻylak · Jahon atlasi
    24. 24.Temir — temir eritmoq · temir iroda

    2-topshiriq

    Quyida berilgan shakldosh soʻzlar orasidan bir xil grammatik koʻrsatkich (qoʻshimcha)ni qabul qila oladiganlarini belgilang.

    Namuna:Ot — ism (✓) · uloqtir (–) · tulpor (✓)

    1. 1.Tom — jild (kitobda) · uyning «doʻppi»si · tomchining tomishi
    2. 2.Osh — ovqat · togʻdan osh · meʼyordan osh
    3. 3.Toʻla — liq toʻlgan · qarzni toʻla · yertoʻla
    4. 4.Oshiq — suyak · ortiq · shoshil

    3-topshiriq

    Polisemiya va omonimiya haqida bildirilgan notoʻgʻri mulohazalarni belgilang.

    • Koʻp maʼnoli va shakldosh soʻzlar bir xil shaklga ega boʻlishi mumkin.
    • Koʻp maʼnoli soʻzlarda ham, shakldosh soʻzlarda ham ichki maʼnoviy bogʻlanish boʻladi.
    • Polisemiya va omonimiya hodisalari tilning boshqa-boshqa boʻlimlarida oʻrganiladi.
    • Koʻp maʼnoli soʻzlar, odatda, har xil turkumga mansub boʻladi.
    • Koʻp maʼnoli soʻzlar orasidagi maʼnoviy bogʻlanish yoʻqolishi natijasida shakldoshlar hosil boʻlishi mumkin.
    • Bir soʻz ayni vaqtda yo koʻp maʼnoli, yoki shakldosh boʻladi. Bir paytning oʻzida har ikkisi ham boʻlishi mumkin emas.
    • Qoʻy I (hayvon) va qoʻy II (piyolani qoʻy) omonimlari bir xil qoʻshimchani qabul qila olmaydi.
    • «Tez yugurmoq» va «tez kunlarda» birikmalaridagi «tez» soʻzi omonim soʻz emas.

    Test

    Toʻgʻri javobni tanlang.

    Faqat shakldoshlardan iborat qatorni aniqlang.

    1. A)toʻp, bosh, qon, tortmoq
    2. B)yor, uy, karam, temir
    3. C)tanga, mayda, chaqmoq, ilmoq
    4. D)qovoq, tort, qosh, jonli
    Taqdimotni ochish
  • 3Maʼno koʻchish usullari: metafora va metonimiya1 ta topshiriq

    Maʼno koʻchish turlarini aniqlang

    Keltirilgan gaplarda metafora yoʻli bilan maʼno koʻchishiga 1, metonimiyaga 2 raqamini qoʻyib chiqing.

    • 1metafora
    • 2metonimiya
    1. 1.Fikr bermoq.
    2. 2.Bizning uy togʻning etagida joylashgan.
    3. 3.Koʻk (osmon) – koʻk rang, koʻkat.
    4. 4.Atala (harakat) – atala (ovqat turi).
    5. 5.U mansabdan tushdi.
    6. 6.Doim sovuq xabar keltirasan.
    7. 7.Umringda ramazon oyida aytiladigan ramazon qoʻshigʻini eshitganmisan?
    8. 8.Arraning tishi sindi.
    9. 9.Fuzuliyni oldim qoʻlimga, Majnun boʻlib yigʻlab qichqirdi. (Hamid Olimjon)
    10. 10.Egarning qoshi.
    11. 11.Bu ogʻir gunoh sanalgan mutlaq.
    12. 12.Oʻnga kirdim.
    13. 13.Dehqonning qanoti.
    14. 14.Yarim yillik topshirildi.
    15. 15.Varrakning dumi.
    16. 16.Osmonga tikilar million juft koʻzlar.
    17. 17.Akkumulyator oʻtirdi.
    18. 18.Oy (yerning yoʻldoshi) – oy (oʻttiz kun).
    19. 19.Soʻzimning ustidan chiqdim.
    20. 20.Soat (oltmish minut) – soat (asbob).
    21. 21.Gap (nutq birligi) – gap (yigʻin, ziyofat).
    22. 22.Issiqqa chidayolmayman.
    23. 23.Ochiq koʻngilli inson boʻlaylik.
    24. 24.Koʻch (harakat) – koʻch (yuk).
    25. 25.Imtihondan yiqildi.
    26. 26.Kemaning tumshugʻi.
    27. 27.Bir joʻra atlas bering.
    28. 28.Men chuqurga tushib ketdim.
    29. 29.Doʻstlik iplari uzila boshladi.
    30. 30.Dasturxonga qaragan doʻst emas.
    31. 31.Bir laganni paqqos tushirdim.
    32. 32.Marhumning yettisi ertaga oʻtkazilar ekan.
    33. 33.Zal oyoqqa turdi.
    34. 34.Agar pul bermasang, hamma siringni ochaman.
    35. 35.Bayramni shahar yaxshi kutib oldi.
    36. 36.Yarim tunda uyqum qochdi.
    37. 37.Qisqa vaqtda tilshunos boʻlish mumkin.
    38. 38.Ana, shlyapa kelyapti.
    39. 39.Auditoriya kuldi.
    40. 40.Oshxonaning ahvolini koʻrib ishtaha qochdi.
    41. 41.Uchga chiqsang, oʻng tarafda bizning xona.
    42. 42.Qayerga borsang, fitna qoʻzgʻab yurasan.
    43. 43.Ovozning dagʻallashishi.
    44. 44.Gapning dagʻallashishi.
    Taqdimotni ochish
  • 4Maʼno koʻchish usullari: sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya1 ta topshiriq

    Soʻz maʼnosi koʻchishi turini aniqlang

    Har bir gapdagi maʼno koʻchishi turini aniqlang va namunadagidek belgilab chiqing.

    • Ametafora
    • Bmetonimiya
    • Csinekdoxa
    • Dvazifadoshlik
    • Ekinoya
    1. 1.Soʻzimning ustidan chiqdim.Namuna:A
    2. 2.Ana, quloq kelyapti.
    3. 3.Navoiyni kechadan beri koʻtarib yuribman.
    4. 4.Tuzsiz sheʼrlarim deb shirindan-shirin Bolalarim yurar oyoq uchida.
    5. 5.Nohaqdan bir inson qonini toʻkma, Gunoh dengiziga choʻkma.
    6. 6.Bu qora koʻzlarda nima ayb.
    7. 7.Marhumning qirqiga borib edim.
    8. 8.Mana yoz kelib, issiq ham tushib qoldi.
    9. 9.Negadir ovozim dagʻallashib qoldi.
    10. 10.Butun sinf darsga tayyorlanmagan.
    11. 11.Tushlikka yupqa pishirdik.
    12. 12.Bu «professor» doʻstimiz hammani sharmanda qildilar.
    13. 13.Toʻrtga chiqsang, chap tomonda bizning auditoriya.
    14. 14.Eshigimda koʻp odam ishlagan.
    15. 15.Poyiga ipakdan palak soldilar, Soʻng yuksak bir taxtni etdilar tortiq.
    16. 16.Nafasingni issiq qil.
    17. 17.Ahdingni buzma zinhor.
    18. 18.Qaro koʻzum, kel-u mardumlugʻ emdi fan qilgʻil.
    19. 19.Piymaning salla boʻlgani shudir, Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa.
    20. 20.Bola onasining oldiga tushib, pildirab ketdi.
    21. 21.Sen faqat sovuq xabar keltirasan.
    22. 22.Radioning qulogʻini burab yubor.
    23. 23.Otam keltirgan xitoydan yasadim varrak.
    24. 24.Bir joʻra atlas qancha turadi.
    25. 25.Peshanamizga tirnoq bitmadi.
    26. 26.Eshitgan quloq nima deydi?
    27. 27.Dunyoda oʻzimizdan keyin qoladigan tuyogʻimiz faqat shul Otabekdir.
    28. 28.«Sen mening oʻng qoʻlimsan», – dedi ona oʻgʻliga.
    29. 29.Nonim chuqurga tushib ketdi.
    30. 30.Bizning askarlar dushman tarafdan bitta til tutib keldilar.
    31. 31.Bedilni oʻqirdim tunlar.
    32. 32.Ichak-chavogʻim tugadi, endi kalla sotaman.
    33. 33.Navbatim sumka koʻtargan «jinsi»dan keyin.
    34. 34.Men qilurman sajda egma qoshima.
    35. 35.Olma archayotib qoʻlini kesib oldi.
    36. 36.Zal oyoqqa turdi.
    37. 37.Chirogʻing piligini pasaytir.
    38. 38.Samolyotning qanoti pishiq ishlangan.
    39. 39.Temir qonun haliyam amalda.
    40. 40.Toʻy erta kuzaldi.
    41. 41.Muzeyda Behzodni tomosha qildim.
    42. 42.Samovarda osh yedik.
    43. 43.Bu – pistoletning oʻqi.
    44. 44.Oltin kuz keldi.
    45. 45.Yoʻgʻon boʻyinlar bekor yurishibdi.
    46. 46.Qoshining oʻsmasi oqib ketibdi.
    Taqdimotni ochish
  • 5Atamashunoslik. Atama va uning turlari4 ta topshiriq

    1-topshiriq

    Berilgan soʻzlarning qaysi kasb-hunarga oidligini aniqlang. Oʻzingiz ham shunday soʻzlarga misollar keltiring.

    • qolip
    • betlik
    • poshna
    • charm
    • shirach
    • sandon
    • dam
    • koʻra
    • bosqon
    • bolgʻa
    • andava
    • mola
    • chaplama suvoq
    • iskana
    • randa
    • shovun
    • tesha

    2-topshiriq

    Oʻzbekcha kurash bilan bogʻliq atamalarga diqqat qiling. Dunyo tillariga kirib ulgurgan oʻzbek kurashi terminlari (masalan, yonbosh, halol kabi)ni sanang.

    Polvonlarda kurash hadislarining oʻz nomi bor, hammasini esa «chil» deyishadi. Chilni koʻp biladigan polvonni «ilmi koʻp, amali koʻp» deb ham atashadi. Chillarning baʼzi birlari tojikcha, baʼzi birlari oʻzbekcha. Masalan, «pushburdor» degan chil bor, bu – yelkadan oshirib otish usuli. «Morpech» chili – raqibining oyogʻini oʻz oyogʻing bilan ilondek chirmab olib, burab yiqitish. Oʻzbekcha chillardan «tuya chil» – mayda-chuyda harakat qilib oʻtirmay, raqibini toʻgʻridan toʻgʻri oyoq qoʻyib agʻdarish usuli. Chilning «ildirish», «qoqma», «siltov», «yotib otar», «choʻnqaytma» degan usullari ham bor.

    3-topshiriq

    Quyidagi soʻzlarni koʻchiring, izohlarini yodlab oling.

    Tovar
    sotish uchun chiqarilgan mahsulot
    Narx
    tovar qiymatining puldagi ifodasi
    Daromad
    kishi (oila)ning maʼlum vaqtda qoʻlga kiritgan moddiy hamda pul tushumlari
    Akkaunt
    ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchining nomi
    Bloger
    oʻz qarashlarini internetdagi maʼlum bir platformada doimiy ravishda eʼlon qiladigan kishi
    Avatarka
    foydalanuvchi taqdimoti sifatida tanlangan rasm
    Fayl
    kompyuterda maʼlumot saqlovchi diskning nomlangan sohasi
    Mem
    mashhur boʻlib, bahsga aylangan gʻoya yoki rasm
    Xeshteg
    ijtimoiy tarmoqlarda mavzu boʻyicha xabarlarni tarqatishda foydalaniladigan yorliq
    Veb-sahifa
    internetdagi hujjat va maʼlumotlar zaxirasi
    Vebinar
    internet orqali toʻgʻridan toʻgʻri oʻtkaziladigan mashgʻulot
    Dayjest
    maʼlum bir mavzu boʻyicha eng qiziqarli nashrlarni yetkazadigan maqola

    4-topshiriq

    Berilgan soʻzlarni ilmiy va kasbiy terminlarga ajrating.

    • tenglama
    • soatsozlik
    • randa
    • miloddan avvalgi
    • hujayra
    • shpris
    • kashta
    • andava
    • sheʼr
    • imlo
    • toʻgʻri toʻrtburchak
    Ilmiy terminlarKasbiy terminlar
    Taqdimotni ochish
  • 6Qoʻllanish doirasi ijtimoiy chegaralangan soʻzlar4 ta topshiriq

    1-topshiriq

    Berilgan gaplardagi nuqtalar oʻrniga qavs ichidagilardan mosini tanlab qoʻying va sabablarini izohlang.

    1. 1.Ukam boʻsh joy (sariq, sargʻayma, gepatit) boʻlib qoldi, shuning uchun naʼmatak damlab ichiryapmiz.
    2. 2.Xayri xola boʻsh joy (qizil gul, qizamiq, chechak) boʻlib, tashqariga chiqolmay qolibdi.
    3. 3.Nihoyat, afting qurgʻur boʻsh joy (asfalasofilinga ravona boʻlibdi, qazo qilibdi, oʻlibdi).
    4. 4.Devor eski, ehtiyot boʻling: orasida boʻsh joy (chayon, gajak, oti yoʻq) boʻlmasin yana.
    5. 5.Qarasam, chuqur toʻla boʻsh joy (argʻamchi, ilon, uzun opa)! Vashillab yotibdi!

    2-topshiriq

    «Kim chaqqon?» musobaqasini uyushtiring: berilgan soʻzlarni jadvalga toʻgʻri joylashtiring.

    • yostiqdosh
    • ojiza
    • turmush oʻrtogʻi
    • jufti halol
    • umr yoʻldoshi
    • zavj(a)
    • rafiq(a)
    • xotin (er)
    • onasi
    • dadasi
    • bu kishim
    • farzandlik boʻldi
    • yengillashib oldi
    • koʻzi yoridi
    • qutulib oldi
    • «holva»
    • «qoʻchqor»
    • davomchili boʻldi
    • qazo qildi
    • halok boʻldi
    • jon taslim qildi
    • oʻldi
    • joni uzildi
    • u dunyoga rihlat qildi
    • omonatini topshirdi
    • egasiga kerak boʻldi
    • yer tishladi
    • toʻngʻiz qoʻpti
    • yer yutdi
    «Yumshoq» ifodaBetaraf ifodaQoʻpol ifoda

    3-topshiriq

    Qavs ichidagi soʻzlardan nuqtalar oʻrniga mosini tanlang.

    1. 1.– Uyqungiz oʻchdimi, boʻsh joy (otasi, erim, yostiqdoshim, zavjim)? – Ha... Oʻzing-chi, yana xastalik azob beryaptimi? (O. Yoqubov)
    2. 2.Shu turishida opasi Boburga onasining endi boʻsh joy (tul, beva, eri oʻlib) qolgan oʻttiz yetti-oʻttiz sakkiz yasharli paytlarini eslatib yubordi. (P. Qodirov)
    3. 3.Yana, albatta, koʻrishmoqqa umidim bor, hozircha boʻsh joy (xayr, alvido, xudoning panohiga, koʻrishguncha). («Onalar kanali»dan)
    4. 4.Bu amakining oʻgʻli urushdan boʻsh joy (oyogʻidan ayrilib, choʻloq boʻlib, oyoqsiz boʻlib, oqsoq boʻlib) keldi. («Suhbat»dan)
    5. 5.Qoʻshnimiz boʻsh joy (aynigan, tentak, sal bundayroq, jinni), lekin hech kimga zarari tegmaydi. (T. Murod)
    6. 6.Qarang-a, bu odam oʻzi boʻsh joy (kal, sochi toʻkilgan, yaltirbosh, sochi yoʻq) boʻlsa ham, dimogʻi balandni koʻzlarkanmi?

    4-topshiriq

    Yoshi ulugʻ odamlarga nisbatan qoʻllanadigan evfemizmlarni uslubiy boʻyogʻiga koʻra tartiblang.

    • sochlari oqargan
    • sochiga oq oralagan
    • yuzlarini ajin bosgan
    • belidan quvvat ketgan
    • sharti ketib, parti qolgan
    • koʻzidan nur ketgan
    • soʻnggi manzilga tayyorgarlik koʻrayotgan
    • yoshi oʻtgan
    • yoshi bir joyga yetgan
    • yoshi ulgʻaygan
    • qarigan
    • keksalik nuqsi urgan
    • toʻridan goʻri yaqin
    • oʻlimi yaqin
    • umrining kuzagi oʻtib, qishi boshlangan
    • qartayib qolgan
    • umri poyoniga yetib qolgan
    • pishib qolgan
    • yoʻli oxirlagan
    Taqdimotni ochish
  • 7Qoʻllanish doirasi hududiy chegaralangan soʻzlar. Oʻzbek lahjalari2 ta topshiriq

    1-topshiriq

    Berilgan gaplardagi shevaga xos soʻzlarning fonetik va leksik xususiyatidan kelib chiqib, qaysi hududlarda qoʻllanishini aniqlang.

    1. 1.Shashma-shashma, qoʻrquvdirgan jeri joʻq, qani, munday uzatchi... (Murod Mansur)
    2. 2.Ur-re, chopdik, opoqbuvimlarga. Ayamam keluttilar! – dedi Yodgor. (Murod Mansur)
    3. 3.Keyin kulib hamda gʻijinib davom etdi: – Shundoq ketivossam, roʻparamdan ikkita davangi kevotti. (Sh. Xolmirzayev)
    4. 4.Toʻgʻriga yurib, chapga burilsangiz, guzarga chiqasiz. Choyxona ashatda. (Tohir Malik)
    5. 5.Oʻjaki biram chiroyli, katta. Ertaga oʻviz pishiramiz. Sen oʻvizni yaxshi koʻrasanmi? (Oʻ. Umarbekov)
    6. 6.Eb-ey, yaxshilikka yomonlik! – dedi. – Men seni boʻlam deb aytib edim, boʻlaginam deb aytib edim, eb-ey! (Togʻay Murod)
    7. 7.Jichcha quying, azizim... kelgan, ketgan boʻlsa, yaxshi boʻpti. (Sh. Xolmirzayev)
    8. 8.Katta-katta koʻpkarilarda uloq toʻdadan sagʻal chiqsa boʻldi, halol boʻladi. (Togʻay Murod)
    9. 9.Sizning Toshkentingizga Toshxon, Toshbibi degan ayollar bormi?

    2-topshiriq

    Quyidagi soʻzlarning maʼnosini va qaysi hududlarda qoʻllanishini aniqlang.

    • bodparak
    • barak
    • valish
    • adrasman
    • yorqanat
    • shapati
    • vah mak
    • boʻriq
    Taqdimotni ochish
  • 8Eskirgan soʻzlar, eskirish yoʻllari. Yangi paydo boʻlgan soʻzlar2 ta topshiriq

    1-topshiriq

    Matndagi koʻhna soʻzlarning maʼnosini tushunishga harakat qiling va berilgan izohlardan ularga mosini tanlang.

    Hukmnoma

    Oʻtkir xanjarini beliga osib, oyboltasini koʻtargan jallod qushbegining hukmiga muntazir edi. Qushbegining oʻng tomonida qoʻrboshidan tortib shahar aʼyonlari, qarshisida Otabek, qutidor, Ziyo shohichi va uning oʻgʻli Rahmat – gunohkorlar va ularning orqasida muhofiz yigitlar.

    Qushbegi oʻzining yozilib qoʻyilgan hukmnomasini qoʻliga olib oʻqishga hozirlandi: „Menkim, Margʻilon hokimi Oʻtabboy qushbegi, oʻz hukmimni xoqon ibni xoqon janobi oliy Xudoyorxon ismi shariflaridan eshitdiraman. ...Eʼtimodlik bir kishining shahodatiga binoan toshkandlik Yusufbek hojining oʻgʻli – Otabek, bu kunda xonimizgʻa qarshi bosh koʻtargan Aziz parvonachi va oʻz otasining vakolatlari bilan Margʻilon kelib, bu yerdagi fuqarolarni ham xon janobigʻa qarshi oyoqlandirmoqchi boʻlgʻan. Otabekning bu harakati ululamir boʻlgʻan janobga bogʻiyliq boʻlib, uni, yaʼni Otabek Yusufbek hoji oʻgʻlini oʻlim jazosi bilan jazolashni taqozo etadir. Ikkinchi, Otabekka yoʻlda koʻmakchi boʻlib yurgan Margʻilon fuqarosi Mirzakarim qutidor ham shu jazoga sazovor tutiladir. Ziyo shohichi bilan oʻgʻli Rahmat bu bogʻiyliqdan xabardor boʻlaturib, vaqtida hukumatka maʼlum qilmagʻanlari uchun bir yildan zindon jazosiga mahkum boʻlurlar!“

    — A. Qodiriy. «Oʻtkan kunlar»

    Namuna:jallod — oʻlim jazosini ijro etuvchi; qushbegi — amir va xon saroyida bosh vazir yoki vazirga teng amaldor; muntazir — orziqib kutish

    Koʻhna soʻzlar

    • aʼyon
    • qutidor
    • muhofiz
    • hukmnoma
    • shohichi
    • eʼtimod
    • xoqon
    • shahodat
    • parvonachi
    • oyoqlandirmoqchi
    • ululamir
    • zindon
    • bogʻiyliq
    • qoʻrboshi

    Izohlari:

    1. 1.oyoqqa turgʻizmoq
    2. 2.biror hodisa yuzasidan beriladigan guvohlik
    3. 3.qattiq ishonish
    4. 4.hukm hujjati
    5. 5.Qoʻqon xonligida pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi, xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori
    6. 6.tungi mirshab yoki mirshablar boshligʻi
    7. 7.hukmdorga yaqin turgan baland martabali kishilar
    8. 8.himoya qiluvchi qoʻriqchi
    9. 9.ipak savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxs
    10. 10.turkiy xalqlarda hukmdorlarning eng oliy unvoni
    11. 11.hukmdor farmonini bituvchi kotib
    12. 12.amirlarning ulugʻi
    13. 13.mahbuslar saqlanadigan yer ostidagi qorongʻi joy
    14. 14.isyonkorlik

    2-topshiriq

    Matnni oʻqing. Unda alohida koʻrsatilgan soʻzlarni ikki guruhga ajratib yozing.

    Majlisni munoqashachilikdan qutqarib, doʻstona ruhlantirish uchun Navoiy suhbat mavzusini oʻzgartirib yubordi. U soxta bir qalandar haqida juda mazmunli, maroqli bir hikoyacha aytib berdi. Mudarris mavlono Fasihiddin soʻfiyona, maʼnodor bir hikoyacha soʻyladi. Tib olimi esa Ibn Sino toʻgʻrisidagi afsonalardan birini aytdi. Naq yarim kechada odamlar uy-uylariga tarqalarkan, Navoiy Sultonmurodni toʻxtatdi.

    – Hirotning eng peshqadam muarrixlari va isteʼdodli tolibi ilmlari sizdan dars olmoqni orzu qiladilar. Ilmni xalqqa beringiz, tatabbu va tafakkur bilan ilmni kengaytirmoqqa harakat qilingiz. Ilm koʻmigʻligʻ xazina emas, jonli daraxtdir. Oʻsmogʻi, gullamogʻi, meva bermogʻi kerakdir.

    Isteʼmoldan chiqib, oʻrnida boshqa soʻz qoʻllaniladigan soʻzlarIsteʼmoldan chiqib, oʻrnida boshqa soʻz qoʻllanilmaydigan soʻzlar
    Taqdimotni ochish
  • 9Omonim, sinonimlar ularning turlari va nutqdagi xususiyatlari1 ta topshiriq

    1-topshiriq

    Har bir variant kartasidagi topshiriqlarni bajaring: omonimlarning maʼnolarini isbotlang, sinonim, antonim va maʼnolarini yozing.

    1-variant

    Berilgan soʻzlarning omonimligini isbotlang:

    1. 1.Alif (I, II)
    2. 2.Boʻy (I, II)
    3. 3.Jild (I, II)
    4. 4.Kiy (I, II)
    5. 5.Oq (I, II)

    Berilgan soʻzlarning sinonimlarini yozing (qavsda — nechta):

    1. 1.xat (3) — boʻsh joy
    2. 2.yogʻdu (3) — boʻsh joy
    3. 3.kishi (2) — boʻsh joy

    2-variant

    Berilgan soʻzlarning omonimligini isbotlang:

    1. 1.Taxt (I, II)
    2. 2.Ulash (I, II)
    3. 3.Rom (I–IV)
    4. 4.Pix (I, II)
    5. 5.Biyron (I, II)

    Berilgan soʻzlarning maʼnolarini yozing:

    1. 1.Aftoda — boʻsh joy
    2. 2.Gʻazol — boʻsh joy
    3. 3.Musoid etmaydi — boʻsh joy
    4. 4.Dublikat — boʻsh joy
    5. 5.Auksion — boʻsh joy

    Berilgan soʻzlarning antonimini yozing:

    1. 1.muzladi — boʻsh joy
    2. 2.yolgʻon — boʻsh joy
    3. 3.qazidi — boʻsh joy

    3-variant

    Berilgan soʻzlarning omonimligini isbotlang:

    1. 1.Baravariga (I, II)
    2. 2.Diplomat (I, II)
    3. 3.Kunda (I, II)
    4. 4.Tovon (I, II)
    5. 5.Yut (I–III)

    Berilgan soʻzlarning maʼnolarini yozing:

    1. 1.Kashshof — boʻsh joy
    2. 2.Manqush — boʻsh joy
    3. 3.Maqsud — boʻsh joy
    4. 4.Avizo — boʻsh joy
    5. 5.Konsern — boʻsh joy

    4-variant

    Berilgan soʻzlarning omonimligini isbotlang:

    1. 1.Bron (I, II)
    2. 2.Dom (I, II)
    3. 3.Lava (I, II)
    4. 4.Moʻrcha (I, II)
    5. 5.Soya (I, II)

    Berilgan soʻz va koʻchma maʼnoli birliklarning maʼnolarini yozing:

    1. 1.Tarovat — boʻsh joy
    2. 2.Handasa — boʻsh joy
    3. 3.Qoʻnoq — boʻsh joy
    4. 4.Rezyume — boʻsh joy
    5. 5.Byurokrat — boʻsh joy
    6. 6.Aravangni tort — boʻsh joy
    7. 7.«Piri Turkistoniy» — boʻsh joy

    5-variant

    Berilgan soʻz va koʻchma maʼnoli birliklarning maʼnolarini yozing:

    1. 1.Alhol — boʻsh joy
    2. 2.Billoh — boʻsh joy
    3. 3.Xob — boʻsh joy
    4. 4.Menejer — boʻsh joy
    5. 5.Kompensatsiya — boʻsh joy
    6. 6.Baxt qushi — boʻsh joy
    7. 7.«Odam ush-shuaro» — boʻsh joy

    6-variant

    Berilgan soʻzlarning omonimligini isbotlang:

    1. 1.Arz (I, II)
    2. 2.Ivi (I, II)
    3. 3.Mushak (I–III)
    4. 4.Kadr (I, II)
    5. 5.Sir (I–III)

    Berilgan soʻz va koʻchma maʼnoli birliklarning maʼnolarini yozing:

    1. 1.Nihon — boʻsh joy
    2. 2.Teva — boʻsh joy
    3. 3.Akobir — boʻsh joy
    4. 4.Privatizatsiya — boʻsh joy
    5. 5.Broker — boʻsh joy
    6. 6.Yeru koʻkka ishonmaslik — boʻsh joy
    7. 7.Mavjudot sultoni — boʻsh joy
    8. 8.Arava — boʻsh joy
    Taqdimotni ochish
  • 10Antonimlar va paronimlar, ularning uslubiy xususiyatlari1 ta topshiriq

    1-topshiriq

    Har bir variant kartasidagi soʻzlarning antonimini yozing va paronimlarning maʼnolarini farqlang.

    1-variant

    Berilgan soʻzlarning antonimini yozing:

    1. 1.yolgʻonchi — boʻsh joy
    2. 2.hamma — boʻsh joy
    3. 3.pessimist — boʻsh joy

    Berilgan paronimlarning maʼnolarini yozing:

    1. 1.Amir — amr
    2. 2.Badnafs — badnafas
    3. 3.Ganj — ganch
    4. 4.Juda — judo
    5. 5.Qala — qalʼa

    2-variant

    Berilgan soʻzlarning antonimini yozing:

    1. 1.foydali — boʻsh joy
    2. 2.kamob — boʻsh joy
    3. 3.koʻrindi — boʻsh joy

    Berilgan paronimlarning maʼnolarini yozing:

    1. 1.Adresat — adresant
    2. 2.Arpa — arfa
    3. 3.Uzik — uzuk
    4. 4.Kampaniya — kompaniya
    5. 5.Nasha — nashʼa

    3-variant

    Berilgan soʻzlarning antonimini yozing:

    1. 1.muzladi — boʻsh joy
    2. 2.yolgʻon — boʻsh joy
    3. 3.qazidi — boʻsh joy

    Berilgan paronimlarning maʼnolarini yozing:

    1. 1.Burj — burch
    2. 2.Kuyindi — kuyundi
    3. 3.Xayol — xiyol
    4. 4.Unim — unum
    5. 5.Yonilgʻi — yoqilgʻi

    4-variant

    Berilgan soʻzlarning antonimini yozing:

    1. 1.behisht — boʻsh joy
    2. 2.daromad — boʻsh joy
    3. 3.naf — boʻsh joy

    Berilgan paronimlarning maʼnolarini yozing:

    1. 1.Traktor — traktir
    2. 2.Laxcha — lahja
    3. 3.Vaqf — voqif
    4. 4.Dafina — dafna
    5. 5.Qura — qurʼa — qoʻra

    5-variant

    Berilgan soʻzlarning antonimini yozing:

    1. 1.bahor — boʻsh joy
    2. 2.jazo — boʻsh joy
    3. 3.chinakamiga — boʻsh joy

    Berilgan paronimlarning maʼnolarini yozing:

    1. 1.Abzal — afzal
    2. 2.Bazoʻr — bahuzur
    3. 3.Dakki — daqqi
    4. 4.Qari — qaʼri
    5. 5.Tarif — taʼrif

    6-variant

    Berilgan soʻzlarning antonimini yozing:

    1. 1.aziz — boʻsh joy
    2. 2.koʻkardi — boʻsh joy
    3. 3.chuqur — boʻsh joy

    Berilgan paronimlarning maʼnolarini yozing:

    1. 1.Ziyrak — zirak
    2. 2.Oqliq — oqlik
    3. 3.Lahm — lahim
    4. 4.Alam — aʼlam
    Taqdimotni ochish
  • 11Barqaror birikmalar. Frazeologizmlar1 ta topshiriq

    Iboralar

    Iboralarni maʼnolari bilan moslang: har bir maʼno yoniga unga mos iboraning raqamini yozing.

    Iboralar

    1. 1.Adi-badi qilmoq
    2. 2.Amalga oshirmoq
    3. 3.Azob chekmoq
    4. 4.Tepa sochi tikka boʻldi
    5. 5.Koʻz qirini tashladi
    6. 6.Tilga kirdi
    7. 7.Koʻngli boʻsh
    8. 8.Yon bosmoq
    9. 9.Yoqasini ushlamoq
    10. 10.Yeng ichida
    11. 11.Ikki dunyoda
    12. 12.Yer bilan osmoncha
    13. 13.Uchiga chiqqan
    14. 14.Yeru koʻkka ishonmaslik
    15. 15.Boshida yongʻoq chaqmoq
    16. 16.Ogʻzi qulogʻida
    17. 17.Yulduzni benarvon uradigan
    18. 18.Tishini tishiga qoʻymoq
    19. 19.Boy bermoq
    20. 20.Boshi koʻkka yetdi
    21. 21.Gʻisht qolipdan koʻchdi
    22. 22.Holdan toymoq
    23. 23.Tinkasi qurimoq
    24. 24.Vaqti chogʻlik qilmoq
    25. 25.Ikki oyogʻini bir etikka suqmoq
    26. 26.Kulini koʻkka sovurmoq
    27. 27.Koʻngli toza
    28. 28.Ipidan ignasigacha
    29. 29.Qoʻl koʻtarmoq
    30. 30.Almisoqdan qolgan
    31. 31.Oyogʻiga bolta urmoq
    32. 32.Yengil tabiat
    33. 33.Oyogʻini uzatmoq
    34. 34.Yoshi bir joyga borib qolmoq
    35. 35.Aravangni tort
    36. 36.Tumshugʻidan ilinmoq
    37. 37.Kuni yetdi

    Maʼnolari · raqamini yozing

    • 8yoqlamoq
    • boʻsh joyhech qachon
    • boʻsh joykoʻngil ochmoq
    • boʻsh joychidamoq
    • boʻsh joyyashirin
    • boʻsh joyazoblash
    • boʻsh joyoq koʻngil
    • boʻsh joyuddaburon
    • boʻsh joyoyoq tirab olmoq, qaysarlik qilmoq
    • boʻsh joyqaradi
    • boʻsh joybajarmoq
    • boʻsh joycharchamoq
    • boʻsh joyxursand
    • boʻsh joyholdan toymoq, charchamoq
    • boʻsh joygapirdi
    • boʻsh joyoʻtaketgan
    • boʻsh joyjanjallashmoq
    • boʻsh joyjahli chiqdi, gʻazablandi
    • boʻsh joypaymonasi toʻldi
    • boʻsh joyqoʻlga tushmoq
    • boʻsh joytoshingni ter
    • boʻsh joybeqiyos (juda)
    • boʻsh joyoyogʻi yengil, yengiltak
    • boʻsh joyqiynalmoq
    • boʻsh joyhayratlanmoq
    • boʻsh joymiridan sirigacha
    • boʻsh joypayini qirqmoq
    • boʻsh joyyer bilan yakson qilmoq
    • boʻsh joyOdam atodan qolgan, Daqqiyunusdan qolgan, eski
    • boʻsh joy1) urmoq; 2) majlisda ovoz bermoq; 3) oʻz maʼnosi
    • boʻsh joyrahmdil
    • boʻsh joyardoqlash
    • boʻsh joy1) dunyodan ketmoq; 2) dam olmoq
    • boʻsh joyoshini oshab, yoshini yashamoq
    • boʻsh joyboʻlar ish boʻldi
    • boʻsh joyxursand boʻldi
    • boʻsh joyqoʻldan bermoq, yutqizmoq
    Taqdimotni ochish
  • 12Barqaror birikmalar. Maqol va matallar, hikmatli soʻzlar2 ta topshiriq

    1-topshiriq

    Matnlardagi maqollarni aniqlab, oddiy gaplar bilan almashtiring.

    I

    – Oʻrtoq direktor, menga tuhmat qilyaptilar. Sakkiz yildan beri shu idorada ishlayman. Shu sakkiz yil ichida uch direktor oʻzgardi. Hammasi bilan juda totuv ishladik, birortasi menga na ogohlantirish, na vigovor bergan! Odamning olasi ichida boʻladi, deb shuni aytishgan-da. Direktorga qilgan yordamlarimning birortasini boshqa odamga qilganimda, itining tuvagi oltindan boʻlib ketar edi. Bu kishi yaxshiligimni bilmayaptilar. Uyalish kerak, oʻrtoq direktor, menday, musichaday beozor kishini ranjitgani qanday koʻnglingiz boʻldi?

    — S. Ahmad

    II

    Ha, endi aqlim kirgan, endi hamma narsaga tushungan edim. Muhabbat – muqaddas tuygʻu. U soflikni talab etadi. Muqaddas mening oʻzimni ham, sevgimni ham tark etib, koʻzimni ochgan edi. Xalqning «Insofli odam oshini yer, insofsiz – boshini» degan maqolida mujassamlangan hayotning eng ulugʻ qonunlaridan biri menga oʻzining shafqatsiz, lekin adolatli kuchini koʻrsatgan edi.

    — O. Yoqubov

    III

    Egachisining begʻam, beparvo oʻgʻliga qilgan bunday beozor muomalasini hazm qilolmagan Lazokatxon:

    – Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. Toʻgʻrisini aytavermaysizmi, egachi! – deb zarda qildi. Keyin Oʻktamga yuzlandi:

    – Salgina tobi qochganmas. Oldindan silqovlanib yurardi onang. Endi rasmona kasal boʻpti. Bod. Xafaqon. Ha, bu kasallari oldindan bezovta qilib yurganini bilmasmiding? Ona rozi – xudo rozi. Shu yarimjon onani yolgʻiz tashlab ketishni qanday vijdonlaring qabul qildi-ya?! Borib turgan oqibatsizlik emasmi bu?!

    — H. Nazir

    IV

    «Kimga aza, kimga toʻy? Bularning gapiga oʻlaymi, qolaymi, tavba. Shanbada bichma, jumada koʻchma, derdi onam. Sichqonning ini ming tanga boʻlmaydimi menga desa». Shu xayolda jahli chiqib oʻtirgan edi, eshik ochildi. Ichkari kirgan Latifjon koʻzlarini uqalab, ancha jim turdi. Keyin:

    – Shu, shu... volidamiz... haligiday... bandalikni bajo qildilar yangitda, – dedi sekin. – Omonatini topshirdi.

    2-topshiriq

    Maqollar juftligini oʻqing. Ularning bir-birini inkor etishi yuzasidan «Fikrlar jangi»ni tashkil qiling va oʻz mulohazangizni bayon eting.

    1. 1.Gap bilan kerilma, ish bilan keril. Ish bilganga bir tanga, gap bilganga ming tanga.
    2. 2.Tekin boʻlsa, mix yut. Tekin tomoq tish sindirar.
    3. 3.Yomon koʻrgan kishingga yomon narsangni ber. Yomonlikka yaxshilik mard kishining ishidir.
    4. 4.Har kim boshiga yogʻgan qorni oʻzi kuraydi. Koʻpdan quyon qochib qutulmas.
    Taqdimotni ochish
  • 13Uyadosh soʻzlar va ularning nutqdagi ahamiyati. Oʻz va oʻzlashma soʻzlar3 ta topshiriq

    1-topshiriq

    Gaplardagi ajratilgan oʻzlashma soʻzlarga quyida berilgan qatordan oʻzbekcha muqobil tanlang. Qaysi soʻzlar aslidek qoʻllanilmoqda?

    Namuna:Dangʻillama uchastka. Oʻrtada fontan. — Dangʻillama hovli. Oʻrtada favvora.

    1. 1.Tilla magazinni oʻmargansiz.
    2. 2.Men tomonda qonun. Mana ZAGS qogʻozi.
    3. 3.Oq xalat kiygan doktor kirib keladi, sumkadan bahaybat shprisni chiqarib, ukol qilishga tayyorlanadi.
    4. 4.Mehmonxonada emas, student qizlar yotoqxonasida.
    5. 5.Bu dunyodan nasibam uzilib turibdi-ku, spravka deydi-ya.
    6. 6.Men Qilichbek emas, militsiya leytenanti Anvar Maqsudovman. (E. Vohidov. «Oltin devor»)

    Tavsiya etilgan soʻzlar

    • hovli, maydon
    • talaba
    • doʻkon
    • favvora
    • maxsus ust kiyim
    • maʼlumotnoma
    • porshenli tibbiyot asbobi
    • sanchish
    • yukxalta
    • FHDYB (fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish boʻlimi)
    • ofitser unvoni
    • jamoat tartibini qoʻriqlash boʻlimi

    2-topshiriq

    Matnlardagi ajratilgan oʻzlashma soʻzlarni izohlang.

    Namuna:eʼzoz (arab.) — hurmat, izzat-ikrom, avaylash, qadrlash

    1. 1.Eʼzozlar, ardoqlar uchun tashakkur, Asli siz oftobim, men ziyosiman. Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur, Baxtim shul – oʻzbekning Zulfiyasiman. (Zulfiya)
    2. 2.Raqqosa tizzalarini bukib bargikaram shohidan tikilgan belbogʻ ustiga choʻkadi. Sochlari shaloladay belbogʻ uzra toʻkiladi. Beqasam nimchalarida sadaf tugmalari yulduzday yonadi. Uning majnuntolday egilgan qaddiga hamma mahliyo. Ana, egila-egila uning boshi belbogʻ kashtalariga tegadi… Raqqosa asta-asta silkinib oʻrnidan turadi va himmat qilib belbogʻ yoyganga taʼzim bajo keltiradi. (O. Hojiyeva)
    3. 3.Garchand bitta yurakka Olloh boʻlib oʻtaman, Vahki, gʻam sahrosida bir oh boʻlib oʻtaman. Yorab, oʻylabmidim men, dunyoyi dun oralab, Shuncha koʻzyosh, qonlarga guvoh boʻlib oʻtaman.

    3-topshiriq

    Berilgan soʻzlarning maʼnosini izohli lugʻat yordamida toping va ular qaysi tildan oʻzlashganligini aniqlang.

    Namuna:intonatsiya (lot.) — ohang; kafe (fr.) — tamaddixona

    • intonatsiya
    • maʼrifat
    • ziroat
    • rafiq
    • zurriyot
    • maxluq
    • fath
    • zaʼfaron
    • shiypon
    • tamaddun
    • kafe
    • mujgon
    • ruxsor
    • sartarosh
    • mehrob
    • gardun
    • oftob
    • lagʻmon
    • eksport
    • inventar
    • barg
    • vilka
    • teleskop
    • duet
    • fastfud
    • market
    • chikken
    • grill
    • xobbi
    • salfetka
    • reklama
    Taqdimotni ochish
  • 14Tasviriy ifodalar va ularning nutqdagi ahamiyati1 ta topshiriq

    Tasviriy ifodalar

    Tasviriy ifodalarni ular atagan narsalar bilan moslang: har bir soʻz yoniga unga mos ifodaning raqamini yozing.

    Tasviriy ifodalar

    1. 1.Oq oltin
    2. 2.Samo lochinlari
    3. 3.Dala malikasi
    4. 4.Davlat bolalari
    5. 5.Zangori kema kapitanlari
    6. 6.Zarshunoslar
    7. 7.Ziyolilar
    8. 8.Kino yulduzlari
    9. 9.Moʻyqalam sohibi
    10. 10.Oq chashma sohibalari
    11. 11.Paygʻambar yoshi
    12. 12.Til muhandislari
    13. 13.Charm qoʻlqop ustalari
    14. 14.Yurt boshi
    15. 15.Aql gimnastikasi
    16. 16.Baraka urugʻi
    17. 17.Qora oltin
    18. 18.Oʻrmon malikasi
    19. 19.Zangori olov
    20. 20.Kumush choyshab
    21. 21.Zangori ekran yoki oynai jahon
    22. 22.Kumush tola
    23. 23.Maʼrifat maskani
    24. 24.Oq chashma
    25. 25.Tangri soʻzi
    26. 26.Hayotimiz qomusi
    27. 27.Aqlli mashina
    28. 28.Qalam haqi
    29. 29.«Amiri kabir»
    30. 30.«Odam ush-shuaro» (shoirlar odam atosi)
    31. 31.Falakning gardishi
    32. 32.«Abulmaoniy»

    Nimani ataydi · raqamini yozing

    • 14prezident
    • boʻsh joyrassom
    • boʻsh joyarcha
    • boʻsh joyqor
    • boʻsh joygaz alangasi
    • boʻsh joytilshunoslar
    • boʻsh joyfazogirlar
    • boʻsh joyyetimlar
    • boʻsh joyilm kishilari
    • boʻsh joypillakorlar
    • boʻsh joyinsonning 63 yoshi
    • boʻsh joysut sogʻuvchilar
    • boʻsh joytelevizor
    • boʻsh joypaxta
    • boʻsh joyshaxmat, matematika
    • boʻsh joymashhur kino aktyorlari
    • boʻsh joymashhur bokschi
    • boʻsh joymakkajoʻxori
    • boʻsh joymexanizatorlar
    • boʻsh joychigit
    • boʻsh joyneft
    • boʻsh joyKonstitutsiya
    • boʻsh joykompyuter
    • boʻsh joytaqdir taqozosi
    • boʻsh joyQurʼon
    • boʻsh joygonorar, mualliflik haqi
    • boʻsh joysut
    • boʻsh joypilla (ipak)
    • boʻsh joyMirzo Abduqodir Bedil
    • boʻsh joyA. Navoiy
    • boʻsh joykutubxona
    • boʻsh joyRudakiy
    Taqdimotni ochish

Kitoblar va lugʻatlar

Darslikdagi soʻzlar izohi

5–11-sinf ona tili darsliklaridagi izohli soʻzlar, alifbo tartibida.

Kartochkalar bilan mashq qilish

652 ta soʻz

A

Abdolvash
qalandarsifat11-sinf 2-qism
Aborigenlar
tub joyliklar5-sinf
Abroʻ
qosh10-sinf 1-qism
Abzal
ot-ulovni minish yoki aravaga qoʻshish uchun zarur boʻladigan asboblar majmui10-sinf 1-qism
Adabini yemoq
qilmishiga yarasha jazosini olmoq5-sinf
Adabiy
badiiy adabiyotga, badiiy ijod faoliyatiga oid8-sinf
Adib
adabiy asarlar ijodkori10-sinf 1-qism
Adip
toʻn, xalat chetiga tikiladigan ensiz mato, magʻiz10-sinf 1-qism
Adl
adolat10-sinf 2-qism
Afgor
xor boʻlish, ezgʻin holatga tushish8-sinf
Afʼol
feʼl-atvor, xarakter8-sinf
Afzal
yaxshi, aʼlo, ortiq10-sinf 1-qism
Ahbob
doʻst8-sinf
Ahmoq
aqli kalta, nodon kishi8-sinf
Akkaunt
ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchining nomi5-sinf
Akmal
(ism) yetuk, barkamol, kuchli5-sinf
Akobir
ulugʻlar, kattalar8-sinf
Aldamoq
koʻzini boʻyamoq5-sinf
Aldanmoq
laqqa tushmoq5-sinf
Alfoz
soʻzlar11-sinf 2-qism
Anborkashligʻ
xas-xashak tashuvchilik8-sinf
Andalib
bulbul11-sinf 2-qism
Anjuman
yigʻin, majlis8-sinf
Ankabut
oʻrgimchak11-sinf 2-qism
Ansambl
oʻzaro mos va uygʻun qismlarning birikuvidan iborat bino va inshootlar majmuyi5-sinf
Antonimlar
qarama-qarshi maʼnoli soʻzlar5-sinf
Anvar
(ism) nurli, toleyi porloq5-sinf
Aqlini peshlamoq
aql-idrokini charxlamoq, oʻstirmoq8-sinf
Aravani quruq olib qochmoq
uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq. Varianti: aravani olib qochmoq; olib qochmoq; quruq aravani olib qochmoq.11-sinf: iboralar
Arkon
amaldor10-sinf 2-qism
Artish
tozalash5-sinf
Archish
poʻstlogʻidan ajratish5-sinf
Asil
qimmati, fazilati va boshqa xususiyati jihatidan eng yuqori darajali, eng yaxshi (sinonimlari: sara, sarxil, xil, mumtoz, zupta, poshshaxon)
Qoʻllanishi

Asil, sara, xil shaxs yoki narsa-predmetlarga nisbatan qoʻllana oladi. Lekin juda oz uchraydi. Sarxil faqat narsa-predmetlarga nisbatan qoʻllaniladi. Sara, sarxil donalab sanaladigan narsa-predmetlarga nisbatan qoʻllanadi. Sarxil, asosan, saralab (xillab) ajratilishi mumkin boʻlgan narsalarga nisbatan qoʻllanadi va unda saralash (xillash) ottenkasi sezilib turadi. Mumtoz kitobiy uslubga xos, shaxsga nisbatan qoʻllanadi. Poshshaxon oddiy soʻzlashuv uslubga xos. Zupta kam qoʻllanadi.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Astma
kelib chiqish sabablari turlicha boʻlib, oʻtkir rivojlangan boʻgʻilish xurujlarining umumiy nomi (nafas siqishi)5-sinf
Atmosfera
Yerni va boshqa planetalarni oʻrab turgan gazsimon qobiq5-sinf
Ato
inʼom, sovgʻa5-sinf
Avatarka
foydalanuvchi taqdimoti sifatida tanlangan rasm5-sinf
Avaylamoq
ehtiyot holda tutmoq, ehtiyot bilan munosabatda boʻlmoq (sinonimlari: ayamoq, ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq, ardoqlamoq, eʼzozlamoq, eʼzoz etmoq, papalamoq (poʻpalamoq))
Qoʻllanishi

Avaylamoq, asosan, «tashqi taʼsirdan, tashqi taʼsir natijasida biror narsa boʻlishdan ehtiyot qilish» maʼnosida qoʻllanadi. Bu soʻzda ehtiyotlash darajasi ayamoq, ehtiyot qilmoq soʻzlaridagiga nisbatan kuchliroq. Ayamoq «tashqi taʼsir natijasida biror narsa boʻlishdan, shuningdek, yoʻqolish, sarflanish kabilardan ehtiyotlanish» maʼnosida ham qoʻllanadi. Ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq soʻzlarining maʼno xususiyati ularning oʻzagi (ehtiyotdan) anglashilib turadi. Bular «tashqi taʼsir yoki biror sabab bilan biror narsa boʻlishdan ehtiyot holda tutmoq» maʼnosida qoʻllanadi. Ardoqlamoq oddiy soʻzlashuvda kamroq uchraydi. Bu soʻzda gʻamxoʻrlik, hurmat munosabati ham aks etadi. Eʼzozlamoq, eʼzoz etmoq kitobiy uslubga xos, unda gʻamxoʻrlik munosabati yana ham kuchliroq boʻladi. Papalamoq soʻzlashuv nutqiga xos, suyish munosabati aks etadi.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Avangard
ilgʻor, peshqadam11-sinf 2-qism
Axloq
xulq soʻzining arab tilidagi koʻplik shakli; xulq-atvor, odob8-sinf
Axtar
yulduz10-sinf 2-qism
Axtar
yulduz (axtarmoq — qidirmoq)11-sinf 2-qism
Aʼyon
hukmdorga yaqin turgan baland martabali kishilar11-sinf 2-qism
Ayyor
aldab, chalgʻitib, har qanday ishni oʻz foydasiga hal qiladigan makr-hiylaga usta (sinonimlari: mugʻombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dogʻuli, moʻltoni, qilvir(i), shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa, maston)
Qoʻllanishi

Ayyor, quv, mugʻombir soʻzlari odamga va ayrim boshqa jonivorlarga nisbatan ham qoʻllana oladi. Qolganlari esa bu maʼnoda faqat odamga nisbatan qoʻllanadi. Ustomon, hiylagar soʻzlarining maʼnosi uning oʻzagidan anglashilib turadi. Mugʻombir soʻzida belgi darajasi ayyor soʻzidagiga nisbatan biroz kuchsiz. Quv soʻzida belgi darajasi kuchliroq. Dogʻuli, moʻltoni, qilvir(i), makkor soʻzlarida ham belgi darajasi kuchli. Lekin bu soʻzlar nisbatan kam qoʻllanadi. Shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa soʻzlari «ish koʻrgan ayyor» maʼnosida qoʻllanadi. Maston soʻzi folklor asarlarida va ayrim shevalarda uchraydi.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Aysh-u kom
rohat-farogʻat8-sinf
Azaq
oyoq11-sinf 2-qism
Azob
ruhiy yoki jismoniy qiynoq (sinonimlari: aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam)
Qoʻllanishi

Azob keng tushunchaga ega, u «ruhiy va jismoniy qiynoq» maʼnosida ham, «oʻzga tomonidan boʻladigan, shuningdek, biror narsadan boʻladigan qiynoq» maʼnosida ham qoʻllanaveradi. Aziyat, asosan, yozma nutqda va oʻqimishli, katta yoshdagi kishilar nutqida qoʻllanadi. Jabr soʻzida belgi darajasi azob soʻzidagiga nisbatan kuchli va bu soʻz, asosan, «inson tomonidan boʻladigan azob» maʼnosida qoʻllanadi. Jafo mustaqil soʻz holida juda kam qoʻllanadi. Koʻpincha jabr soʻzi bilan juft soʻz holida (jabr-jafo) yoki qilmoq feʼli bilan birga qoʻllanadi. Ozor soʻzida belgi darajasi azob, jabr soʻzlariga nisbatan kuchsizroq. Bu soʻz ham mustaqil holda juda kam qoʻllanadi. Zahmat mehnat bilan bogʻliq azobni bildiradi. Alam bu maʼnoda kam qoʻllanadi. Iztirob, asosan, «ruhiy azob» maʼnosida qoʻllanadi va unda belgi darajasi azob soʻzidagiga nisbatan kuchliroq. Oddiy soʻzlashuvda deyarli qoʻllanmaydi. Uqubat, sitam soʻzlari yakka holda juda kam ishlatiladi. Uqubat soʻzi, koʻpincha, azob soʻzi bilan, sitam soʻzi jabr soʻzi bilan juft soʻz holida qoʻllanadi.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Azon
namozga chaqiriq; tong yorishgan gʻira-shira payt8-sinf
Ashrof
sharif soʻzining koʻpligi: azizlar, hurmatli zotlar11-sinf 2-qism
Angʻiz
boʻsh yer11-sinf 2-qism

B

Baʼd
keyin, soʻng11-sinf 2-qism
Bad
yomon, yaramas11-sinf 2-qism
Baʼdaz
keyin11-sinf 2-qism
Bajarmoq
ish-vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq (sinonimlari: ado etmoq, bitirmoq, oʻrinlatmoq, doʻndirmoq, oʻtamoq, bajo qilmoq)
Qoʻllanishi

Bajarmoq, ado etmoq «ish-vazifa, topshiriqni ijro qilish va yakuniga yetkazish» maʼnosida qoʻllanaveradi. Ado etmoq koʻproq kitobiy uslubga xos. Bitirmoq, oʻrinlatmoq, doʻndirmoq, bajo qilmoq, asosan, «ish-vazifani yakuniga yetkazish» maʼnosida ishlatiladi. Oʻrinlatmoq kam qoʻllanadi. Doʻndirmoq koʻproq oddiy soʻzlashuvga xos va unda belgi darajasi kuchli. Bajo qilmoq nisbatan eskirgan, kam qoʻllanadi. Oʻtamoq «burch-vazifani ado etish» maʼnosida qoʻllanadi.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Bakovul
podshoh, xon va lashkarlarga ovqat tayyorlash ustidan nazorat olib boruvchi, bosh oshpaz8-sinf
Bakovul
xon saroyida taomlarga masʼul shaxs11-sinf 2-qism
Balo
har ishni oʻrinlatib bajaradigan, mahorat va chaqqonlikka ega (sinonimlari: usta, ustamon, bilagʻon, bilarmon, chechan, epchil, chaqqon, uddaburon)
Qoʻllanishi

Balo koʻproq oddiy soʻzlashuvga xos. U «aqliy, jismoniy ish-harakat bajarishda yuqori mahoratga egalik»ni ifodalash uchun qoʻllana oladi. Usta aql, malaka talab etadigan harakatlarga nisbatan qoʻllanadi. Ustamon quvlik, ayyorlik boʻyoqqa ega. Bilagʻon, bilarmon soʻzlarining xususiyati ularning oʻzagidan anglashib turadi. Bilarmon salbiy boʻyoqqa ega. Chechan, chaqqon, epchil «tez va oson bajarish mahoratiga egalik»ni bildiradi. Uddaburon, asosan, «ish-vazifani ijro etish mahoratiga egalik»ni ifodalash uchun qoʻllanadi.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Bandi roh
yoʻldagi band, toʻsiq8-sinf
Barbat
toʻqqiz torli cholgʻu asbobi11-sinf 2-qism
Bardosh
chidam, sabr, toqat; dosh berish quvvati, iroda9-sinf
Barter
pul mablagʻlari ishtirokisiz bevosita tovarga tovar ayirboshlash va shu haqdagi shartnoma10-sinf 1-qism
Barvasta
norgʻul11-sinf 2-qism
Baxil
birovga hech narsani ravo koʻrmaydigan, sarf-xarajatni yoqtirmaydigan8-sinf
Bashara
xunuk koʻrinish, yoqimsiz qiyofa8-sinf
Bedona
urugʻsiz11-sinf 2-qism
Begim
ayolga hurmat yuzasidan murojaat qilganda qoʻllaniladigan soʻz8-sinf
Behud
oʻzidan ketgan, hushsiz11-sinf 2-qism
Bekat
toʻxtash joyi; qadimda qorovul posti11-sinf 2-qism
Beshbel
ust kiyim11-sinf 2-qism
Bilim
borliq haqidagi yoki ilmiy, madaniy, maʼrifiy, maʼnaviy, harbiy va boshqa sohalarga oid nazariy, amaliy maʼlumotlar, tushunchalar majmui8-sinf
Biosfera
yerning tirik organizmlar tarqalgan qismi11-sinf 2-qism
Birja
qimmatbaho qogʻozlar va har xil mollar bilan savdo-sotiq qiladigan yirik savdo muassasasi, bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli10-sinf 1-qism
Birodari kirom
muhtaram, ulugʻ birodar8-sinf
Bir ariqdan suv ichmoq
yonma-yon, qoʻshni boʻlib yashamoq8-sinf
Bir yoqadan bosh chiqarmoq
hamjihat boʻlmoq, yakdil boʻlib harakat qilmoq5-sinf
Bitik
yozuv, xat, maktub, asar10-sinf 1-qism
Bloger
oʻz qarashlarini internetdagi maʼlum bir platformada doimiy ravishda eʼlon qiladigan kishi5-sinf
Bobil
Mesopotamiyadagi qadimgi shahar (Vavilon)10-sinf 2-qism
Bojdor
bojxona xodimi8-sinf
Boplamoq
ijrosini oʻrniga qoʻymoq (sinonimlari: qoyil qilmoq, qoyillatmoq, oʻxshatmoq, oʻrinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, doʻndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq)
Qoʻllanishi

Boplamoq, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, oʻxshatmoq, oʻrinlatmoq, kelishtirmoq, doʻndirmoq oddiy ish-harakatlarga nisbatan ham, shuningdek, bajarilishi ustalik, mahorat talab etadigan harakatga nisbatan ham qoʻllana oladi. Qiymoq, eshmoq koʻproq oddiy soʻzlashuvga xos, bular bajarilishi ustalik, mahorat talab etadigan harakatalarga nisbatan qoʻllanadi va bu soʻzlarda belgi darajasi ancha yuqori boʻladi. Kelishtirmoq nisbatan kam qoʻllanadi. Mondalamoq shevaga xos.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Boq
qara; oʻstir, parvarish qil5-sinf
Boqiy
abadiylikka ega8-sinf
Bot
koʻp11-sinf 2-qism
Bogʻ
mevali daraxtlar oʻstiriladigan yer5-sinf
Bogʻiyliq
isyonkorlik11-sinf 2-qism
Boshi shishmoq
oʻylayverib gangimoq. Maʼnodoshi: boshi qotmoq; miyasi gʻovlab ketmoq.11-sinf: iboralar
Boshliq
guruh, jamoa, xoʻjalik va shu kabilarning ish-harakatida bosh boʻluvchi, masʼul shaxs (sinonimlari: rahbar, yoʻlboshchi, ishboshi, boshchi, katta, kattakon, ulugʻ, rahnamo, sardor, peshvo, sarvar, sarkarda, xoʻjayin, kallampo)
Qoʻllanishi

Boshliq «katta jamoa, xoʻjalikka rahbar shaxs» maʼnosida ham, shuningdek, «uch-toʻrt kishidan iborat kichik guruhning juda qisqa muddatli ishiga boshchi shaxs» maʼnosida ham qoʻllana oladi. Lekin «katta xoʻjalik (muassasa) ish-faoliyatining rahbari» maʼnosida koʻproq oddiy soʻzlashuvga xos boʻladi. Rahbar, asosan, «davlat idoralarining boshchilari» maʼnosida qoʻllanadi. Yoʻlboshchi soʻzida «boshlovchilik, yetakchilik qilish» boʻyogʻi bor. Ishboshi nisbatan eskirgan. Boshchi kam qoʻllanadi. Katta, kattakon, ulugʻ oddiy soʻzlashuvga xos. Rahnamo kitobiy uslubga xos, maʼno xususiyati jihatidan yoʻlboshchi soʻziga yaqin turadi. Peshvo, sarvar eskirgan, kitobiy. Sardor, sarkarda kam darajada, asosan, obrazli ifodalarda qoʻllanadi. Xoʻjayin oddiy soʻzlashuvga xos, biroz salbiy boʻyoqqa ega. Kallampo oddiy soʻzlashuvga xos, kam qoʻllanadi, salbiy boʻyogʻi kuchli.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Bosh assambleya
bosh yigʻilish11-sinf 2-qism
Brifing
rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtayi nazar bildirish yoki muayyan masaladagi xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuvi10-sinf 1-qism
Brifing
rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtayi nazar bildirish yoki rasmiy xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuvi11-sinf 1-qism
Budjet
muayyan vaqt uchun tasdiqlangan daromad va xarajatlar yigʻindisi11-sinf 2-qism
Bu qulogʻidan kirib, u qulogʻidan chiqib ketmoq
eʼtibor bermaslik, xotirasida tutib qolmaslik5-sinf
Burni koʻtarilmoq
kibrlanmoq, gerdaymoq5-sinf
Boʻron
yomgʻir aralash kuchli shamol8-sinf

D

Dafʼatan
toʻsatdan5-sinf
Darmon
tirik organizmdagi quvvat, mador, kuch8-sinf
Daromad
kishi (oila)ning maʼlum vaqtda qoʻlga kiritgan moddiy hamda pul tushumlari5-sinf
Dast
qoʻl11-sinf 2-qism
Dayjest
maʼlum bir mavzu boʻyicha eng qiziqarli nashrlarni yetkazadigan maqola5-sinf
Dagʻi
yana, tagʻin8-sinf
Degustator
taʼm biluvchi11-sinf 2-qism
Devon
1) shoirning sheʼrlari jamlangan toʻplam; 2) davlat mahkamasi, idoraning yozishmalar olib boriladigan boʻlimi8-sinf
Diplomant
tanlov diplomi sohibi; diplom ishini himoya qiluvchi talaba11-sinf 2-qism
Diversifikatsiya
ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini koʻpaytirish, kengaytirish10-sinf 1-qism
Dodxo
xon va amirning huzuriga ish va arz bilan kelganlar haqida xon, amirga xabar beruvchi va xon, amirning javobini ularga yetkazuvchi amaldor8-sinf
Doktor
shifokor11-sinf 2-qism
Dollar
pul birligi11-sinf 2-qism
Dono
1) aqlli, har narsani biladigan; 2) (kinoya bilan) aqlsiz, koʻp narsani bilmaydigan11-sinf: iboralar
Dorugʻa
shahar hokimi5-sinf
Dorugʻa
shahar posbonlari boshligʻi8-sinf
Dovul
kuchli shamol8-sinf
Dongdor
shuhrat qozongan, dovrugʻi ketgan8-sinf
Drabbl
mitti hikoya11-sinf 2-qism

E

Ekin
hosil olish uchun ekilgan, urugʻdan unib-oʻsgan oʻsimlik5-sinf
Ekologiya
odam va tabiat munosabatini oʻrganuvchi fan5-sinf
Eʼlon
bildirish, xabarnoma (arabcha soʻz)5-sinf
Enka-tenkasi chiqmoq
1) qiynalib ketmoq. Varianti: enka-tenkasini chiqarmoq; 2) toʻsatdan qattiq qoʻrqmoq.11-sinf: iboralar
Ep bilmaslik
noloyiq, yarashmaydigan ish deb bilmoq. Maʼnodoshi: ep koʻrmaslik.11-sinf: iboralar
Esi ketmoq I
1) qiynalib holsizlanmoq (oʻxshashi: holdan toymoq, holdan ketmoq); 2) juda yaxshi koʻrib, qayta-qayta mehribonlik bildirmoq11-sinf: iboralar
Esi ketmoq II
xayoli biror narsa haqidagi oʻy-xotiralar bilan band boʻlmoq11-sinf: iboralar
Esi chiqib ketmoq
nihoyatda qattiq qoʻrqmoq. Varianti: esxonasi chiqib ketmoq. Maʼnodoshi: jon-poni chiqib ketmoq; joni xalqumiga kelmoq. Oʻxshashi: kayfi uchmoq; yuragi chiqib ketmoq.11-sinf: iboralar
Esse
erkin shakldagi qisqa nasriy asar (fransuzcha «tajriba, urinish»)11-sinf 2-qism
Eʼtimod
qattiq ishonch11-sinf 2-qism
Eʼtiqod
qattiq ishonch, dildan eʼtirof etiluvchi tushuncha, nuqtayi nazar, qarash; iymon5-sinf
Evaz
biror narsa oʻrniga beriladigan haq, badal8-sinf
Eʼzoz
hurmat, izzat-ikrom, avaylash10-sinf 2-qism
Eshkakchi
odam va yuklarni daryodan oʻtkazishni oʻziga kasb qilib olgan kishi, qayiqchi8-sinf

F

Faqir
kambagʻal, oddiy, bechorahol8-sinf
Farah
saodat8-sinf
Farxun
baxt-saodatli10-sinf 2-qism
Fasl
vaqt, muddat, davr, yilning toʻrtdan bir qismi, boʻlak, qism8-sinf
Fasohat
notiqlik10-sinf 2-qism
Fayl
kompyuterda maʼlumot saqlovchi diskning nomlangan sohasi5-sinf
Fazl-u kamol
fazilat va yetuklik8-sinf
Fagʻfur
Xitoy hukmdorlarining unvoni8-sinf
Fashistik
fashizmga (irqchilik mafkurasiga) oid11-sinf 2-qism
Feruza
(ism) baxtli, iqboli baland; moviy koʻzli qiz5-sinf
Fiqh
islom huquqshunosligi8-sinf
Firʼavn
Misr hukmdori10-sinf 2-qism
Fonetika
nutqning tovush tizimini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi5-sinf
Fontan
favvora11-sinf 2-qism
Fozila
ilm-fan asoslarini yaxshi egallagan ayol, olima8-sinf
Fursat
qulay vaqt, imkoniyat8-sinf

G

Ganj
davlat, boylik8-sinf
Ganj
oltin, kumush, javohir, xazina, koʻchma boylik, mol-mulk, davlat, qadr-qimmatli narsa10-sinf 1-qism
Ganch
alebastrning bir turi, suvoq, naqsh uchun ishlatiladigan qurilish materiali10-sinf 1-qism
Gardun
dunyo, osmon5-sinf
Gavhar
sayqallangan olmos5-sinf
Gender
jins11-sinf 2-qism
Geologiya
yer tuzilishi haqidagi fan11-sinf 2-qism
Grafika
yozma nutqning harflar tizimini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi5-sinf
Grenlandiya
«Yashil oʻlka»11-sinf 2-qism
Guhar, gavhar
qimmatbaho tosh, marvarid, qimmatbaho toshlarning umumiy nomi10-sinf 1-qism
Gulshan
gulzor, gulbogʻ, chamanzor10-sinf 1-qism
Gunoh
odob-axloq doirasiga sigʻmaydigan ish, nojoʻya xatti-harakat, ayb8-sinf

H

Hakim
koʻpincha, oʻtmishdagi oʻtkir tabib8-sinf
Hamnishin
ulfat11-sinf 2-qism
Harom-xarish
nopok, isteʼmolga yaramaydigan8-sinf
Hasad
birovdagi narsa yoki fazilatni koʻrolmaslik, qizgʻanish; baxillik5-sinf
Hasratidan chang chiqmoq
ortiq darajada norozilik bildirib gapirmoq11-sinf: iboralar
Havas
biror narsaga boʻlgan kuchli istak, qiziqish, ragʻbat; ishtiyoq5-sinf
Hayo
nojoʻya, nomaʼqul xatti-harakatdan tiyilish hissi, uyat-sharm8-sinf
Hilm
muloyimlik8-sinf
Hudaychi
amir, xon saroyida rasmiy marosimlarga boshchilik qilib, uni nazorat qilib turadigan lavozimli shaxs8-sinf
Hujra
madrasa, qozixona va masjidda shogirdlar, domlalar yashashi uchun ajratilgan kichik xonalar8-sinf
Hukmnoma
hukm hujjati11-sinf 2-qism
Husnixat
1) chiroyli yozuv; 2) (kinoya bilan) xunuk yozuv, badxat11-sinf: iboralar
Hushi boshidan uchmoq
esankiramoq. Maʼnodoshi: hushini yoʻqotmoq.11-sinf: iboralar

I

Ibora
maʼnosi bir soʻzga teng keladigan koʻchma maʼnodagi soʻzlar qoʻshilmasi5-sinf
Ibrat
odamlar uchun namuna5-sinf
Ibtido
avval, boshlanishi8-sinf
Ibtido
biror narsa, ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilarning boshlanish davri11-sinf 1-qism
Iffat
pokizalik, nomus, hayo8-sinf
Iftixor
faxr, shon-sharaf hissi; faxrlansa arziydigan ish9-sinf
Ijtimoiy
inson va jamiyat hayotiga oid5-sinf
Ilig
panja11-sinf 2-qism
Ilik
qoʻl8-sinf
Imon
xudoga boʻlgan ishonch, eʼtiqod, koʻngilda ishonish va tilda iqror qilish, umuman, ishonch10-sinf 1-qism
Insof
adolat va vijdon bilan ish tutish8-sinf
Instinkt
tugʻma sezgi8-sinf
Intellektual
aqliy-maʼnaviy11-sinf 2-qism
Intiho
biror narsa, ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilarning tugash, nihoyalanish davri11-sinf 1-qism
Intonatsiya
ohang11-sinf 2-qism
Investitsiya
mamlakat ichkarisida yoki chet elda, foyda koʻrish maqsadida, biror korxona yoki iqtisodiyotning muayyan tarmogʻiga kapital qoʻyish, kiritish va shunday kapitalning oʻzi10-sinf 1-qism
Insho
tashkil etish, barpo etish, yaratish8-sinf
Ipidan ignasigacha
butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha batafsil. Varianti: ignasidan ipigacha Maʼnodoshi: miridan sirigacha; qilidan quyrugʻigacha. Oʻxshashi: boshdan oyoq.11-sinf: iboralar
Iroda
(ism) istab olingan, irodali qiz5-sinf
Islandiya
«Muz oʻlka»11-sinf 2-qism
Isliqi
iflos11-sinf 2-qism
Ism, ot
bolaning tugʻilganligi qayd etilayotganda unga beriladigan nom5-sinf
Isnod
uyatga yoki taʼnaga qoldiradigan, nomiga dogʻ tushiradigan ish, shunday ishdan keladigan uyatli holat10-sinf: sinonimlar va izohlar
Istarasi issiq
xush koʻrinishli, yoqimli, jozibador. Varianti: yulduzi issiq; sitorasi issiq. Zidi: soʻxtasi sovuq.11-sinf: iboralar
Isteʼdod
yuqori darajali tugʻma qobiliyat8-sinf
Isteʼfo bermoq
oʻz ixtiyori bilan lavozimdan voz kechmoq11-sinf 2-qism
Istifoda
foydalanish, ishlatish11-sinf 1-qism
Izlanish
yangilik topish, yaratish harakatida boʻlish, shunday maqsadli harakat8-sinf
Izm
ixtiyor, hukm (birovning izmida boʻlmoq — unga boʻysunmoq)8-sinf
Iztirob
ruhan ezilish, siqilish holati, ruhiy azob9-sinf
Ich-etini yemoq
ruhan azoblanmoq, ezilmoq (fikr-oʻyini boshqalarga aytmay). Varianti: ichini yemoq; etini yemoq. Maʼnodoshi: oʻz yogʻiga oʻzi qovurilmoq. Oʻxshashi: ichini kemirmoq; oʻzini oʻzi yeb qoʻymoq.11-sinf: iboralar

J

Jadd
ajdod, bobo8-sinf
Jaholat
ilmsizlik8-sinf
Jallod
oʻlim jazosini ijro etuvchi11-sinf 2-qism
Jar solmoq
baland ovoz bilan eʼlon qilmoq5-sinf
Javraqi
yoqimsiz gaplarni koʻp gapiradigan8-sinf
Jelatin
yosh mol suyagi va terisidan tayyorlangan bir nav yelimshak modda8-sinf
Jigargoʻsha
eng yaqin kishi, tugʻishganday yaqin birodar, farzand8-sinf
Jilmaymoq
ovoz chiqarmay, koʻz va lab harakati bilan kulgi ifodalamoq, miyigʻida kulmoq10-sinf 1-qism
Jin koʻcha
faqat odam yuradigan tor, boshi berk koʻcha8-sinf
Jodi
qirqadigan asbob11-sinf 2-qism
Johil
oʻqimagan, savodsiz kishi8-sinf
Jon kuydirmoq
ruhan bezovtalanib, gʻamxoʻrlik qilmoq11-sinf: iboralar
Juda
yuqori darajada, ortiq darajada (sinonimlari: gʻoyat, gʻoyatda, bagʻoyat, nihoyatda, benihoya, ashaddiy, oʻtaketgan, toza, rosa, xoʻp (xoʻb), biram, chunon, beqiyos, mislsiz, obdan, oʻbdan, chandon, zap, koʻp, oʻta, uvvalo, bisyor, yomon, kamoli, kiroyi, oʻlgu(n)day, oʻlarday, oʻlarcha, qattiq)
Qoʻllanishi

Gʻoyat, gʻoyatda, nihoyatda, benihoya, rosa, toza maʼnoni yana ham kuchli boʻyoqda ifodalaydi. Benihoya(t) nisbatan kam qoʻllanadi. Ashaddiy, oʻtaketgan soʻzlari sifatiy belgiga nisbatan qoʻllanadi. Bularda belgi darajasi kuchli. Obdan, oʻbdan, rosa, chunon soʻzlari, asosan, harakatning belgisini bildiradi va bularda harakat darajasi juda soʻzidagidan pastroq boʻlishi ham mumkin. Xoʻp, rosa, biram, zap soʻzlari bu maʼnoda, asosan, soʻzlashuv uslubiga xos. Oʻta soʻzida belgi darajasi yana ham kuchli. Bu soʻz oddiy soʻzlashuvda deyarli qoʻllanmaydi. Uvvalo faqat harakatga nisbatan qoʻllanadi. Bu soʻzda belgi darajasi kuchli. Lekin juda kam qoʻllanadi. Bisyor eski, kitobiy. Shunga koʻra hozir yozuvda juda kam qoʻllanadi. Yomon oddiy, jonli nutqqa xos.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Juzlab
(kitob varaqlarini) daftar-daftar qilib (tikmoq)5-sinf
Jyuri
musobaqa, tanlov va shu kabilarda gʻoliblikni va mukofot berishni belgilovchi mutaxassislar, hakamlar guruhi8-sinf
Joʻyali
oʻrinli, muvofiq8-sinf

K

Kadar
gʻam10-sinf 2-qism
Kafe
tamaddixona11-sinf 2-qism
Kaklik
«kak-kak» deb sayraydigan togʻ qushi8-sinf
Kamtarin
1) juda kamtar, xokisor; 2) (kinoya bilan) juda maqtanchoq11-sinf: iboralar
Kaniz
1) tutqun ayol; choʻri; 2) xon, amir va boshqa hukmdorlar saroyidagi xizmatchi ayol10-sinf: sinonimlar va izohlar
Kardiolog
yurak shifokori5-sinf
Karomat
moʻjizasimon holat8-sinf
Kasal
organizmning normal faoliyati buzilgan, sogʻning aksi (sinonimlari: betob, notob, bemor, nosogʻ, xasta, ogʻriq)
Qoʻllanishi

Kasal keng tushunchaga ega. U odamga, hayvon yoki jonivorlarga, hatto jonsiz narsalarga nisbatan ham qoʻllanaveradi. Bu soʻz «organizm faoliyatining vaqtincha buzilgan»ligini ifodalash uchun ham, shuningdek, «sogʻning aksi» maʼnosida ham qoʻllanaveradi. Betob, notob, bemor, xasta odamga nisbatangina qoʻllanadi. Betob, notob soʻzlari «vaqtincha deb tasavvur qilinadigan kasal» maʼnosini bildiradi. Notob kam qoʻllanadi. Bemor soʻzida ijobiy munosabat ifodalanadi. Bu soʻz oddiy soʻzlashuvga nisbatan yozuvda koʻp qoʻllanadi. Xasta nisbatan eskirgan. Nosogʻ juda kam qoʻllanadi. Ogʻriq soʻzi ham bu maʼnoda kam qoʻllanadi.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Kayfi buzuq
kayfiyati yomon, xafa. Maʼnodoshi: taʼbi xira; taʼbi tirriq. Oʻxshashi: avzoyi buzuq.11-sinf: iboralar
Kerik
orasi ochilgan, teshiklari katta8-sinf
Kesh
din, eʼtiqod; odat8-sinf
Kechirim
kechirish iltimosi, oʻtinch (sinonimlari: uzr, afv)
Qoʻllanishi

Kechirim, uzr soʻzlari «biror gunoh-aybni kechirish iltimosi» maʼnosida ham, shuningdek, umuman, «kechirish» maʼnosida ham qoʻllanadi. Afv soʻzi, asosan, «gunoh-aybni kechirish iltimosi» maʼnosida qoʻllanadi, shu maʼnoda ham juda kam qoʻllanadi.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Kibr
oʻzini hammadan yuqori his etish, manmanlik, kekkayish hissi8-sinf
Kigiz
jundan bosib tayyorlanadigan qalin, pishiq palos; namat8-sinf
Kirdikor
yashirinib qilingan nojoʻya ishlar8-sinf
Kitob
muqovalangan varaqlardan iborat bosma (qadimda qoʻlyozma) asar5-sinf
Kolorit
1) rasmda ranglarning uygʻunligi; 2) (koʻchma) biror narsaning oʻziga xos xususiyatlari majmui10-sinf 1-qism
Kom
tanglay; ogʻiz8-sinf
Komissiya
alohida vakolatli guruh11-sinf 2-qism
Kommunikatsiya
aloqa turi11-sinf 2-qism
Konferensiya
majlis11-sinf 2-qism
Koshin
chinniga oʻxshatib ishlangan, yaltiroq, naqshli gʻisht plitkasi8-sinf
Koshin
1) chinniga oʻxshatib ishlangan, yaltiroq, naqshli gʻisht plastinkasi; 2) bir-biriga zich qilib yopishtirilgan rang-barang shisha, marmar, tosh, yogʻoch va shu kabilardan yasalgan surat yoki naqsh10-sinf: sinonimlar va izohlar
Kufr
kofirlik, dindan qaytganlik8-sinf
Kulliyot
bir adabiy turga mansub asarlarning majmuyi, sheʼriy toʻplam10-sinf 1-qism
Kuni qolmoq
biror ishda boshqaga qaram, muhtoj boʻlmoq11-sinf 1-qism
Kurant
minoraga oʻrnatilgan soat5-sinf
Kurkuma
zarchoʻva, sariq tusli zanjabil ziravori11-sinf 2-qism
Kutval
qalʼa boshligʻi8-sinf
Kungura
qalʼa devorlari yoki imoratlar aylanasiga tishga oʻxshatib ishlangan meʼmoriy bezak, dandana10-sinf 1-qism
Koʻlanka
soya8-sinf
Koʻlanka
soya11-sinf 2-qism
Koʻnikma
biror ishni bajarishda orttirilgan dastlabki tajriba8-sinf
Koʻrgilik
kishi hayotida yuz bergan erk-ixtiyoridan tashqari koʻngilsiz voqea5-sinf
Koʻrpasiga qarab oyoq uzatmoq
imkoniyatini hisobga olib ish tutmoq. Varianti: koʻrpaga qarab oyoq uzatmoq.11-sinf: iboralar
Koʻziga issiq koʻrinmoq
1) tanishdek tuyulmoq; 2) oʻziga tortmoq, yoqimli boʻlmoq. Varianti: koʻziga oʻtday koʻrinmoq. Zidi: koʻziga sovuq koʻrinmoq.11-sinf: iboralar
Koʻzining paxtasi chiqmoq
gʻazabi koʻzida aks etib, koʻzi chaqchaymoq. Maʼnodoshi: koʻzi qinidan chiqib keta yozdi.11-sinf: iboralar
Koʻzining yogʻini yemoq
oʻzini kimgadir yaqin koʻrsatib, uning xayrixohligidan shaxsiy manfaati yoʻlida foydalanmoq11-sinf: iboralar
Koʻzi moshdek ochilmoq
adabini yeb, hushyor tortmoq11-sinf 1-qism
Koʻz ilgʻamas I
bilinar-bilinmas, mayda11-sinf: iboralar
Koʻz ilgʻamas II
cheksiz, poyoni (oxiri) koʻrinmaydigan11-sinf: iboralar
Koʻshish
harakat8-sinf
Koʻshk
baland qilib solingan yengil, chiroyli imorat8-sinf
Koʻnglida kiri yoʻq
kek saqlamaydigan, gʻarazi yoʻq. Varianti: yuragida kiri yoʻq. Oʻxshashi: koʻngli toza.11-sinf: iboralar
Koʻngliga qoʻl solmoq
eng yashirin fikr-oʻyini bilishga harakat qilmoq. Varianti: yuragiga qoʻl solmoq. Oʻxshashi: qoʻyniga qoʻl solmoq.11-sinf: iboralar

L

Labini tishlamoq
kutilmagan hodisaga duch kelib, nima deyishini bilmay qolmoq. Oʻxshashi: tilini tishlamoq.11-sinf: iboralar
Labi labiga tegmaydi
juda tez va koʻp gapirmoq11-sinf: iboralar
Lafz
soʻz, nutq; aytilish8-sinf
Lahza
koʻz ochib-yumguncha oʻtgan vaqt5-sinf
Lapar
toʻy va yigʻin, xalq sayillarida yigitlar bilan qizlar orasida tarafma-taraf boʻlib birgalikda ijro etiladigan qoʻshiq va raqs8-sinf
Langar
qirgʻoqqa tashlanib, kemani ushlab turadigan moslama8-sinf
Leksikografiya
lugʻat va uning turlarini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi5-sinf
Leksikologiya
soʻz va uning xususiyatlarini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi5-sinf
Leytenant
ofitser unvoni11-sinf 2-qism
Lutf
1) iltifot, marhamat, oliyjanoblik; 2) soʻzni bir necha maʼnoda ishlatishga asoslangan soʻz oʻyini, qochirim9-sinf

M

Maʼbad
ibodatxona10-sinf 2-qism
Maʼdan
1) mineral; 2) metall; 3) ruda10-sinf: sinonimlar va izohlar
Madrasa
sharq oʻtmishida oliy maʼlumot beruvchi taʼlim muassasasi8-sinf
Madrasa
diniy oliy oʻquv yurti10-sinf 1-qism
Magazin
doʻkon11-sinf 2-qism
Mahdud
chegaralangan10-sinf 2-qism
Mahram
ishonchli xizmatkor, yaqin doʻst8-sinf
Mahv
daf qilish, yengish8-sinf
Majmua
toʻplam5-sinf
Makruh
qilinmagani maʼqul hisoblangan; yoqimsiz11-sinf 2-qism
Malaka
bilim va ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan, koʻnikmadan yuqori mahorat8-sinf
Malham
davo boʻladigan narsa5-sinf
Malolat
malol kelish, ogʻrinish8-sinf
Maʼnaviy
axloqqa, shaxsning ichki dunyosiga oid8-sinf
Maʼnaviyat
insonning ruhiy, ichki dunyosi; axloqiy va maʼrifiy qarashlari majmui8-sinf
Mantiq
gap, fikr, harakat kabilarning aqlga monanligi, asosligi8-sinf
Maqbara
qabr ustiga qurilgan meʼmoriy inshoot yoki tosh tobut, dahma, sagʻana10-sinf 1-qism
Maqbul
qabul qilingan, eʼtirof etilgan8-sinf
Maqom
Sharq musiqasida musiqiy ohang, kuy yoʻli, tartibi, shakli5-sinf
Maʼrifat
bilim, fan, maʼlumot; odamiylikning toʻrtinchi belgisi5-sinf
Marketing
mahsulot ishlab chiqarish va sotishni bozor talabiga qarab tashkil etish va boshqarish tizimi10-sinf 1-qism
Masʼuliyat
biror ish, xatti-harakat oqibati natijasi uchun boʻlgan javobgarlik8-sinf
Materik
qitʼa5-sinf
Mavlono
olim va fozil kishi8-sinf
Mazasi qochdi
1) sogʻligʻi yomonlashdi. Varianti: mazasini qochirmoq. Oʻxshashi: tobi qochdi; 2) biror ish yomonlashdi, inqirozga yuz tutdi. Maʼnodoshi: mazasi ketdi.11-sinf: iboralar
Magʻrib
kun botish taraf, gʻarb8-sinf
Mashʼuf
afzal, tuzuk, Qurʼon8-sinf
Mehrob
masjidning qibla tomonidagi devorida ravoq shaklida ishlangan joy8-sinf
Mehr, shams, xurshid
quyosh5-sinf
Mem
mashhur boʻlib, bahsga aylangan gʻoya yoki rasm5-sinf
Meʼmor
imorat qurilishini loyihalash boʻyicha mutaxassis8-sinf
Menejer
korxona va kompaniya egasi boʻlmagan, maxsus tayyorgarlik koʻrgan malakali yollanma boshqaruvchi10-sinf 1-qism
Menejment
zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish, boshqarish toʻgʻrisidagi fan10-sinf 1-qism
Mezon
oʻlchov5-sinf
Mengiz
yuz, chehra; rang-roʻy8-sinf
Mijja qoqmay
uyqusiz holda boʻlish8-sinf
Milh
tuz8-sinf
Militsiya
jamoat tartibini qoʻriqlash boʻlimi11-sinf 2-qism
Miqyosi nafs
chegara, meʼyor8-sinf
Mirzo
1) shahzodalarga beriladigan unvon; 2) kotib, mirza8-sinf
Misi chiqmoq
oshkor boʻlmoq, siri fosh boʻlmoq5-sinf
Modernizatsiya
zamonaviy talab va didga moslab oʻzgartirish10-sinf 1-qism
Morfologiya
soʻz turkumlarini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi5-sinf
Moyil boʻlmoq
yon bosmoq8-sinf
Moziy
oʻtmish, hayotning oʻtgan qismi, oʻtgan davrdagi hayot10-sinf 1-qism
Muarrix
tarixchi11-sinf 2-qism
Mufti(y)
musulmonlarda oliy darajadagi ruhoniy; shariat qonunlarini talqin qiluvchi; fatvo beruvchi lavozimli ulamo10-sinf: sinonimlar va izohlar
Muhofiz
himoya qiluvchi qoʻriqchi11-sinf 2-qism
Mujtanib
oʻzini tiyuvchi, chetlanuvchi8-sinf
Mulk
mamlakat, yurt10-sinf 2-qism
Mulozim
oʻtmishda amaldorlar xizmatida boʻlgan kishi, xizmatkor8-sinf
Mum tishlamoq
mutlaqo gapirmaslik, suhbatda qatnashmaslik. Maʼnodoshi: ogʻziga tolqon solmoq; ogʻziga qatiq ivitmoq. Oʻxshashi: «lom-mim» demadi; dami chiqmadi; ogʻzini ochmadi.11-sinf: iboralar
Munaqqash
naqshlangan, naqshli8-sinf
Munaqqid
adabiy, ilmiy, publitsistik asarlarni tahlil qilib baholovchi adabiyotshunos, tanqidchi11-sinf 1-qism
Munofiq
soʻzi va amali bir boʻlmagan kishi8-sinf
Munoqashachilik
bahslashish11-sinf 2-qism
Muntazir
orziqib kutuvchi11-sinf 2-qism
Munshiy
kotib, ish yurituvchi8-sinf
Muqaddima
bir ish, narsa, matnning boshi8-sinf
Muqarrar
aniq, vujudga kelishi aniq, shubhasiz, turgan gap8-sinf
Muqobala
qarshi qoʻyish, solishtirish8-sinf
Muqoyasa
qiyoslash, solishtirish5-sinf
Murid
pir yoki eshon (murshid)ga qoʻl berib, soʻfiylik yoʻliga kirgan shaxs10-sinf: sinonimlar va izohlar
Murtakib
(gunoh, jinoyat) sodir etuvchi8-sinf
Muruvvat
odamgarchilik yuzasidan qilingan yaxshilik, saxovat, himmat9-sinf
Murshid
tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, shayx va ustoz10-sinf: sinonimlar va izohlar
Musofir
safardagi kishi8-sinf
Mustabid
mutlaq hukmronlikka ega boʻlgan hokim, istibdod egasi8-sinf
Mutafakkir
buyuk donishmand8-sinf
Muttaqiy
taqvodor11-sinf 2-qism
Mushoira
sheʼriyatning bir janri, sheʼr aytish musobaqasi8-sinf
Mucha
oyoq, qoʻl, tana va boshqa aʼzolar8-sinf
Moʻri lang
choʻloq chumoli8-sinf
Moʻtabar
ulugʻ, aziz8-sinf
Moʻysafid
yoshi oʻtib qolgan kishi8-sinf

N

Nabi
paygʻambar, Xudoning xabarini yetkazuvchi8-sinf
Nabotot
oʻsimliklar dunyosi8-sinf
Nadim
yaqin, sirdosh doʻst, hamsuhbat; shoh saroyidagi yaqin suhbatdosh8-sinf
Nadim
maslahatchi11-sinf 2-qism
Nahr
daryo10-sinf 2-qism
Nahv
tilning sintaktik qurilishi haqidagi soha8-sinf
Narx
tovar qiymatining puldagi ifodasi5-sinf
Navkar
oʻtmishda harbiy xizmatkor8-sinf
Navozanda
kuy ijro etuvchi, navo qiluvchi, sozanda8-sinf
Navozish
mulozamat, lutf, marhamat, erkalash8-sinf
Nazarkanda
ulugʻ kishilarning nazari tushgan8-sinf
Nazm
sheʼriy asar, sheʼriyat8-sinf
Nesh
nish, tigʻ8-sinf
Nizo qilmoq
ziddiyatda boʻlmoq8-sinf
Nosih
nasihatgoʻy8-sinf
Notob
tobi qochgan, kasallangan8-sinf
Nogʻorasiga oʻynamoq
kimningdir izmi, yoʻl-yoʻrigʻi bilan ish koʻrmoq. Varianti: nogʻorasiga oʻynatmoq; childirmasiga oʻynamoq.11-sinf: iboralar
Nufuz
obroʻ-eʼtibor, taʼsir5-sinf
Nuqson
kamchilik, ayb, yetishmovchilik8-sinf
Nur
yorugʻlik, shuʻla8-sinf

O

Obdirab
gangib qolgan11-sinf 2-qism
Obroʻ
hurmat, eʼtibor, nufuz10-sinf 1-qism
Odamiylik
odamga, chin insonga xos xislatlar5-sinf
Odob
ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya, xushmuomalalik8-sinf
Oftobchuvoq
bahorgi oftob11-sinf 2-qism
Okeanografiya
okeanlar haqidagi fan11-sinf 2-qism
Oliy
eng yuqori8-sinf
Omonimlar
yozilishi va aytilishi bir xil, lekin maʼnosi turlicha boʻlgan soʻzlar5-sinf
Omonlashmoq
salomlashmoq, vidolashmoq8-sinf
Orasta
bezatilgan, saranjom8-sinf
Orfografiya
soʻzlarning toʻgʻri yozilishini oʻrgatadigan tilshunoslik boʻlimi5-sinf
Ota
farzandli er kishi5-sinf
Ovoz
eshitish sezgisini uygʻotuvchi, eshitish aʼzolari orqali qabul qilinuvchi, eshitiluvchi narsa (sinonimlari: tovush, un, sado, sas, nido, sazo)
Qoʻllanishi

Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini ifodalash uchun qoʻllanadi. Tovush odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz predmetlarning urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo boʻlgan ovozni ifodalash uchun ham qoʻllanadi.. Un faqat odam ovozini bildiradi va ovoz soʻziga nisbatan juda kam qoʻllanaveradi. Sado jonli va jonsiz narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush soʻziga nisbatan kam qoʻllanadi. Sas shevaga oid soʻz boʻlib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi maʼnosida qoʻllanadi. Nido kitobiy. Sado juda kam qoʻllanadi.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Ovqat
odam, hayvon, umuman, jonivorlar isteʼmol qiladigan suyuq yoki quyuq yegulik (sinonimlari: taom, oziq, tomoq, xoʻrak, yemish, neʼmat)
Qoʻllanishi

Ovqat odam yoki hayvonlar yeydigan narsani bildiradi. Taom faqat odamlar isteʼmol qiladigan ovqatni ifodalash uchun qoʻllanadi va ovqat soʻziga nisbatan biroz badiiy boʻyoqqa ega. Oziq «odam va boshqa jonivorlar, hatto oʻsimliklar qabul qiladigan ovqat» maʼnosini ham bildiradi. Ovqat va taom soʻzlari, asosan, yeyish uchun tayyor holatdagi narsani bildirsa, oziq, umuman, ovqatlanish uchun lozim boʻlgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildiradi. Xoʻrak, yemish juda kam qoʻllanadi. Neʼmat badiiy uslubga xos.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Oyoqlantirmoq
oyoqqa turgʻizmoq, qoʻzgʻatmoq11-sinf 2-qism
Oyogʻiga bolta urmoq
mavqeyidan mahrum etadigan zarba yetkazmoq. Maʼnodoshi: payini qirqmoq.11-sinf: iboralar
Ozon
kislorodning bir koʻrinishi, oʻziga xos hidi boʻlgan gaz5-sinf
Ozon qatlami
atmosferadagi kislorodli qobiq5-sinf
Ogʻzining tanobi qochmoq
behad sevinmoq, xursandligi tufayli lab-lunjini yigʻishtirib ololmaslik. Maʼnodoshi: ogʻzi qulogʻiga yetmoq; boshi koʻkka yetmoq; terisiga sigʻmay ketmoq; qoʻyi mingga yetmoq.11-sinf: iboralar

P

Padari buzrukvor
cheksiz hurmatga loyiq ota8-sinf
Palang
qoplon8-sinf
Parkov
oʻyish quroli8-sinf
Parlament
demokratik davlatlarda, asosan, saylov yoʻli bilan tuziladigan oliy vakillik va qonunchilik organi10-sinf 1-qism
Paronim
aytilishi va yozilishiga koʻra bir-biriga yaqin soʻzlar5-sinf
Parvonachi
hukmdor farmonini bituvchi kotib11-sinf 2-qism
Payiga tushmoq
1) zimdan yurib butun xatti-harakatini taʼqib qilmoq. Maʼnodoshi: iziga tushmoq; ketiga tushmoq; orqasiga tushmoq. Oʻxshashi: payidan tushmoq; 2) manfaatdor boʻlgani holda berilib harakat qilmoq. Maʼnodoshi: ketiga tushmoq.11-sinf: iboralar
Petitsiya
shikoyat arizasi10-sinf 2-qism
Pili damon
mast-quturgan fil8-sinf
Pista
togʻlarda oʻsadigan past boʻyli daraxtning qobiqli danagi5-sinf
Podadan oldin chang chiqarmoq
roʻyobga chiqishi aniq boʻlmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan ilgari gapirib yurmoq. Varianti: podadan avval chang chiqarmoq. Maʼnodoshi: toʻydan ilgari nogʻora qoqmoq.11-sinf: iboralar
Poliglot
koʻp til biluvchi11-sinf 2-qism
Pomidor
qizil mevali sabzavot (italyancha pomodoro — «oltin olma»)11-sinf 2-qism
Ponsadboshi
besh yuz kishilik harbiy qism boshligʻi8-sinf
Poydevor
bino devorlarining asos qismi8-sinf
Poynov
ariq etagi11-sinf 2-qism
Preparat
dori-darmon5-sinf
Protest
norozilik bayoni10-sinf 2-qism
Punktuatsiya
tinish belgilari haqidagi tilshunoslik boʻlimi5-sinf
Purviqor
goʻzallik va viqorga boy5-sinf

Q

Qabarish
ishqalanish yoki kuyish natijasida terida boʻrtma hosil boʻlishi8-sinf
Qabogʻ
koʻz qovogʻi8-sinf
Qandil
yoqish uchun shamlar solib qoʻyiladigan uy jihozi8-sinf
Qasd
qatʼiy niyat, ahd, azm-u qaror8-sinf
Qatli om
yoppasiga qirish5-sinf
Qaviy
kuchli, baquvvat8-sinf
Qavm
bir urugʻga mansub, mahalla5-sinf
Qaysar
Rum (Vizantiya) imperatorlarining unvoni8-sinf
Qiblagoh
1) qibla tomon, qibla; 2) oʻta hurmatga loyiq kishi (masalan, ota) va unga murojaat shakli10-sinf: sinonimlar va izohlar
Qildan qiyiq axtarmoq
yomon niyat bilan deyarli aybi yoʻq odamning faoliyatidan ayb topishga harakat qilmoq. Varianti: qildan qiyiq qidirmoq. Maʼnodoshi: tirnoq orasidan kir izlamoq.11-sinf: iboralar
Qobiliyat
tugʻma uquv8-sinf
Qora terga botmoq
haddan tashqari zoʻr berish natijasida moʻl-koʻl terlamoq. Varianti: qora terga tushmoq.11-sinf: iboralar
Qovogʻini solmoq
achchiqlanib qoshini chimirib olmoq8-sinf
Qurultoy
1) moʻgʻul va turkiy xalqlarda harbiy kengash va majlislarning umumiy nomi; 2) hozir: biror soha vakillari ishtirokidagi respublika miqyosidagi katta yigʻilish10-sinf: sinonimlar va izohlar
Qutidor
qoʻqon xonligida oliq-soliqlardan toʻplangan pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi va xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori10-sinf 1-qism
Qutidor
Qoʻqon xonligida pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi, xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori11-sinf 2-qism
Qushbegi
oʻtmishda hukumat boshligʻi8-sinf
Qushbegi
xon saroyida bosh vazir yoki vazirga teng amaldor11-sinf 2-qism
Qoʻlini sovuq suvga urmaslik
qiyinroq jismoniy mehnatni mutlaqo qilmaslik. Varianti: qoʻlini sovuq suvga urdirmaslik.11-sinf: iboralar
Qoʻli kalta
imkoniyati cheklangan. Varianti: qoʻli qisqa. Zidi: qoʻli uzun.11-sinf: iboralar
Qoʻltigʻiga suv purkamoq
biror ishni qilishga oʻchakishtirmoq, gijgijlamoq11-sinf: iboralar
Qoʻrboshi
tungi mirshab yoki mirshablar boshligʻi11-sinf 2-qism
Qoʻrqmoq
oʻtakasi yorilmoq5-sinf
Qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan
nihoyat darajada beozor, moʻmin11-sinf: iboralar
Qoʻsh, omoch
ulov qoʻshib yer haydaladigan, metall tishli qadimgi eng oddiy yogʻoch yoki temir asbob8-sinf

R

Rabot
karvonsaroy5-sinf
Rabot
1) mustahkamlangan qoʻrgʻonlarda soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan maʼlum masofada joylashgan istehkom; qoʻrgʻon; 2) savdo yoʻllaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy; 3) shahardan chetroqdagi turarjoy10-sinf: sinonimlar va izohlar
Raiyat
xalq5-sinf
Ranj
mashaqqat, mushkullik8-sinf
Raso
kami yoʻq, toʻliq, yetuk8-sinf
Raxsh
ot, ulov8-sinf
Resurs
zaxira (saqlab qoʻyilgan narsalar)5-sinf
Rezyume
maʼlumotnoma10-sinf 2-qism
Resh
yara, jarohat8-sinf
Rioyat
hurmat, eʼtibor10-sinf 2-qism
Riyozat
zahmat, mashaqqat11-sinf 2-qism
Rohravgʻa
yoʻlovchi, maqsadga intilgan kishi8-sinf
Roja
Hindistonda hukmdor, podsho8-sinf

S

Saʼb
qiyin, ogʻir8-sinf
Sabil
egasiz, qarovsiz qolgan11-sinf 2-qism
Sabukxez
yengil, chaqqon8-sinf
Safolat
nochor ahvol10-sinf 2-qism
Salom ogʻasi
Buxoro va Xiva xonliklarida elchilarni kutib olish, xon huzuriga olib kirish, saroydagi qabul marosimlarini boshqarish va nazorat qilish bilan shugʻullanadigan shaxs8-sinf
Saltanat
mamlakat5-sinf
Saltanat
mamlakat, davlat11-sinf 2-qism
Samar
samara, natija, foyda10-sinf 1-qism
Sandiq
asralishi kerak boʻlgan narsalar saqlanadigan buyum5-sinf
Saviya
taraqqiyot darajasi10-sinf 2-qism
Saxiy
birovdan narsasini, iliq soʻzi va mehrini ayamaydigan8-sinf
Saʼy
astoydil urinish8-sinf
Saʼy va harakat
koʻshish8-sinf
Sayyor
sayr qiluvchi, sayohatchi8-sinf
Sinonimlar
shakli har xil, maʼnosi bir-biriga yaqin soʻzlar5-sinf
Sintaksis
gap va gapda soʻzlarning bogʻlanishini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi5-sinf
Sipar
qilich, nayza, oʻq zarbidan saqlanish uchun qoʻllangan qalqon8-sinf
Sipoh
askar5-sinf
Sirkasi suv koʻtarmaydigan
tanqidga mutlaqo chidamaydigan11-sinf: iboralar
Siroyat
ichiga oʻtish, taʼsir etish10-sinf 2-qism
Sirgʻoq
yogʻingarchilik10-sinf 2-qism
Siyrat
odamning ichki olami, ruhiy dunyosi8-sinf
SMS
qisqa matnli xabar (inglizcha short message service — «qisqa xabarlar xizmati»)5-sinf
Sobitqadam
bir gapda, maqsadda, maslakda mustahkam turadigan, ogʻishmaydigan9-sinf
Sofdil
koʻnglida kiri yoʻq, dili, qalbi pok, sof9-sinf
Solih
yaxshi xulqli, taqvodor kishi8-sinf
Soyasiga koʻrpacha solmoq
izzat-hurmat qilishni meʼyoridan oʻtkazib yubormoq. Varianti: soyasiga koʻrpacha yozmoq; soyasiga koʻrpacha toʻshamoq. Oʻxshashi: boshiga koʻtarmoq.11-sinf: iboralar
Soyi
sayin, sari8-sinf
Spravka
maʼlumotnoma11-sinf 2-qism
Standart
meʼyor, oʻlchov namunasi11-sinf 2-qism
Stenografiya
ogʻzaki nutqni yozuvda tez qayd etish uchun yaratilgan maxsus yozuv tizimi11-sinf 2-qism
Strategiya
maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi10-sinf 1-qism
Student
talaba11-sinf 2-qism
Sultonlik
sultonning hukmronligi, saltanat11-sinf 2-qism
Sumka
yukxalta11-sinf 2-qism
Suveren
mustaqil11-sinf 2-qism
Suvoriy
otliq askar5-sinf
Suyakqizina
suyak sili11-sinf 2-qism
Suyurgʻol
shoh, xon, amir tomonidan amaldor va sarkardalarga saltanat oldida koʻrsatgan alohida xizmatlari uchun inʼom qilingan yer-suv, mol-mulk10-sinf: sinonimlar va izohlar

T

Taalluq
aloqadorlik, tegishlilik8-sinf
Tabiat
feʼl-atvor, sajiya, xulq11-sinf 2-qism
Tabriknoma
tabrik yozilgan xat (arabcha-forscha soʻz)5-sinf
Tadbiri tano
oʻtkinchi dunyo uchun haqni ulugʻlash8-sinf
Tadbirkor
tashabbuskor, yangilikka intiluvchi, xavf-xatar va javobgarlikdan qoʻrqmaydigan ishbilarmon kishi5-sinf
Tafakkur
oʻylash, fikr yuritish8-sinf
Taftish
boʻlib oʻtgan ish yoki hodisa yuzasidan oʻtkaziladigan tekshiruv8-sinf
Tahayyur
hayron qolish11-sinf 2-qism
Talabchan
qattiqqoʻl5-sinf
Tamaʼ
birovdan biror narsa undirish ilinji, istak, umid8-sinf
Tamal toshi
poydevor5-sinf
Tamiz
oʻz bilimi, aqli, farosati bilan tegishlicha ish tutish qobiliyati8-sinf
Tamiz
did11-sinf 2-qism
Taʼna
dashnom, malomat, kesatiq5-sinf
Tancha
shevada sandal10-sinf 1-qism
Tarh
chizma lavha, loyiha, reja8-sinf
Targʻibot
biror gʻoya, taʼlimot va shu kabilarni yoyishga, kishilar ongiga singdirishga qaratilgan ishlar8-sinf
Tatabbu
ergashish; birovning sheʼriga javob tariqasida sheʼr yozish11-sinf 2-qism
Tavhid
Allohning yagonaligiga eʼtiqod11-sinf 2-qism
Tavof qilmoq
muqaddas, aziz bilib eʼzozlamoq5-sinf
Taxmon
uy yoki ayvon devorida sandiq oʻrnatib, ustiga koʻrpa-toʻshak yigʻib qoʻyiladigan tokchasimon maxsus joy8-sinf
Taxt
saroy toʻriga oʻrnatilgan hashamatli oʻrindiq11-sinf 2-qism
Tayyor
ishlatish, foydalanish yoki boshqa narsa uchun naqd holatda (sinonimlari: muhayyo, shay, taxt, hozir)
Qoʻllanishi

Tayyor kengroq tushunchaga ega. Muhayyo koʻproq yozuv uslubiga xos. Shay «tayyor» maʼnosini kuchli boʻyoq bilan ifodalaydi. U biror narsaga har jihatdan mos holda tayyor ekanlikni bildiradi. Taxt soʻzi bu maʼnoda koʻproq jonli soʻzlashuvda qoʻllanadi va maʼnoni tayyor soʻziga nisbatan biroz kuchli boʻyoq bilan ifodalaydi. Hozir bu maʼnoda juda kam qoʻllanadi.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Tashrif
marhamat qilib kelish11-sinf 2-qism
Tashxis
1) kasallik va bemor ahvoli haqidagi tibbiy xulosa; 2) jonsiz narsalarga insoniy xususiyatlarni koʻchirishdan iborat badiiy sanʼat11-sinf 1-qism
Tegishmoq
tegajoqlik qilmoq8-sinf
Terlama
bezgak11-sinf 2-qism
Texnologiya
mahorat va usullar majmuyi11-sinf 2-qism
Tijorat
savdo-sotiq, savdo (savdogarlik) ishlari11-sinf 1-qism
Tinkasi qurimoq
toliqmoq, darmonsizlanmoq. Varianti: tinka-madori qurimoq. Maʼnodoshi: holdan toymoq; holdan ketmoq.11-sinf: iboralar
Tizgin
otni boshqarish uchun suvliqqa biriktiriladigan uzun tasma yoki chilvir8-sinf
Tigʻ
pichoq, qilich kabilarning keskir qismi; qilich8-sinf
Tishi oʻtmaydi
1) qattiq narsani chaynashga tishining kuchi yetmaydi; 2) (koʻchma) yenga olmaydi, tushunib ololmaydi11-sinf: iboralar
Tojdor
hukmdor8-sinf
Tolibi ilm
talaba8-sinf
Tolibi ilm
talaba11-sinf 2-qism
Tolor
yogʻoch yoki yengil metall panjaradan qilingan ayvon8-sinf
Tovar
sotish uchun chiqarilgan mahsulot5-sinf
Toshtuz
tosh holidagi tuz8-sinf
Toʻbichoq
chopqir, yoʻrgʻa ot8-sinf
Toʻn
oldi ochiq uzun ustki milliy kiyim5-sinf
Toʻp
1) koptok; 2) parcha, oʻram; 3) toʻda; 4) zambarak5-sinf

U

Ukol
sanchish11-sinf 2-qism
Ululamir
amirlarning ulugʻi11-sinf 2-qism
Ulum
ilmlar8-sinf
Unsur
butunni tashkil etgan murakkab narsaning tarkibiy qismi11-sinf 1-qism
Uriy
roʻza, tiyilish8-sinf
Uslub
til unsurlarining maʼlum vazifa bajarishiga bogʻliq holda birlashadigan, oʻziga xos tizimi8-sinf
Ustav
nizom11-sinf 2-qism
Uchastka
hovli, maydon11-sinf 2-qism
Uchqun
olov zarrasi8-sinf

V

Vajh
sabab, asos8-sinf
Valakisalang
beparvo10-sinf 2-qism
Valiahd
toj-u taxt vorisi5-sinf
Valineʼmat
oʻziga qaram kishilarni moddiy jihatdan taʼminlab turuvchi, ularga neʼmat beruvchi shaxs8-sinf
Vaqt
yuz beradigan voqea-hodisa va narsalarning asrlar, yillar, soatlar, daqiqalar va h.k. bilan oʻlchanadigan davomiyligi (sinonimlari: payt, zamon, fursat, mahal, chogʻ, kez, kezak, mavrid, palla, muddat, dam, on, lahza)
Qoʻllanishi

Vaqt soʻzi qolganlaridan keng tushunchaga ega. Payt, zamon, mahal, chogʻ, kez, kezak, palla, muddat, dam, on, lahza soʻzlari maʼlum chegaralangan vaqtni bildiradi. Shuning uchun bu soʻzlar ifodalanayotgan vaqt chegarasini aniqlab koʻrsatuvchi soʻzlar bilan birga qoʻllanadi: yoz payti, bir zamon, har mahal, shu on, shu chogʻ, oʻsha kezda, har lahza, kuz pallasi kabi. Muddat oʻlchangan, belgilangan vaqtni bildiradi. Zamon biror voqea-hodisa bilan xarakterli boʻlgan vaqt oraligʻini ham bildiradi. Lahza, on vaqtning juda qisqa darajasini bildiradi va koʻproq kitobiy uslubga xos. Fursat, koʻpincha, maʼlum ish uchun lozim boʻlgan, shu ishga belgilangan vaqt maʼnosini bildiradi.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Vatan
kishi tugʻilib oʻsgan, oʻzi uning fuqarosi boʻlgan joy, territoriya (sinonimlari: mamlakat, yurt, diyor, el, mulk)
Qoʻllanishi

Vatan soʻzida fuqaro, xalq tushunchasi u mansub boʻlgan joy tushunchasi bilan birlashgan, shuningdek, unda joy (hudud)ning fuqaro, xalq mansubligi, uning «yashash joy»i boʻyogʻi aks etib turadi. Mamlakat koʻproq adabiy nutqqa xos boʻlib, unda «yashash joyi» boʻyogʻi juda kuchsiz, hatto yoʻq darajada boʻladi. Bu soʻz, umuman, biror xalq yoki xalqlar uchun umumiy (birlashtiruvchi) hududni bildiradi. Yurt koʻproq oddiy nutqqa xos va u maʼlum joy (hudud) bilan shu joyga mansub xalqni ham qoʻshib ifodalay oladi. El nisbatan eskirgan, hozir koʻproq poetik asarlarda uchraydi. Diyor poetik uslubga xos. Bu soʻz, umuman, maʼlum bir joy maʼnosida (maʼlum bir xalqqa mansublik tushunchasisiz) ham qoʻllanadi.

10-sinf: sinonimlar va izohlar
Vebinar
internet orqali jonli oʻtkaziladigan mashgʻulot5-sinf
Veb-sahifa
internetdagi hujjat va maʼlumotlar zaxirasi5-sinf
Viqor
magʻrurona koʻrinish, salobat8-sinf
Voizlik
notiqlik sanʼati11-sinf 2-qism

X

Xalat
maxsus ust kiyim11-sinf 2-qism
Xalifa
musulmonlar jamoasi va musulmonlar davlatining diniy, dunyoviy boshligʻi8-sinf
Xaloyiq
odamlar, jamoa8-sinf
Xamirdan qil sugʻurganday
osonlik bilan, hech qanday qiyinchiliksiz11-sinf: iboralar
Xamir uchidan patir
katta, koʻp narsadan boshlangʻich va kichik bir qism11-sinf: iboralar
Xanda
kulgi10-sinf 2-qism
Xat
xabar berish, fikr almashish maqsadida aniq manzilga yuboriladigan matn5-sinf
Xat
yuz11-sinf 2-qism
Xattot
chiroyli va aniq yozadigan odam8-sinf
Xayrixoh
yaxshilik tilaydigan, qoʻllab-quvvatlaydigan, iltifotli, tarafdor9-sinf
Xeshteg
ijtimoiy tarmoqlarda mavzu boʻyicha xabarlarni tarqatishda foydalaniladigan yorliq5-sinf
Xilof
qarshi, zid; farq8-sinf
Xiroj, zakot
diniy soliq8-sinf
Xiyonat qilmoq
ishonchni oqlamaslik, sotqinlik qilmoq8-sinf
Xok
mayda tuproq, tuproqqa aylangan inson jasadi8-sinf
Xomush boʻlmoq
gʻamgin holatga tushmoq8-sinf
Xonaqoh
1) masjidning namoz oʻqiladigan, odatda keng va katta xonasi; 2) soʻfiylar mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan katta xona va uning atrofidagi hujralar10-sinf: sinonimlar va izohlar
Xoqon
turkiy xalqlarda hukmdorlarning eng oliy unvoni11-sinf 2-qism
Xulq
kishining oʻzini tutishi, maʼnaviy qiyofasi8-sinf
Xursand
chehrasi ochilgan5-sinf
Xuruj
kasallikning kuchayishi5-sinf
Xurshida
(ism) baxti quyosh kabi porloq5-sinf
Xushboʻylik
1) yoqimli hid; 2) (kinoya bilan) qoʻlansa hid, badboʻylik11-sinf: iboralar
Xushka
temiratki11-sinf 2-qism
Xushomadgoʻylik
manfaat yoʻlida birovga soxta mulozamat koʻrsatish8-sinf
Xoʻjazoda
xoʻjayinning oʻgʻli, aslzoda kishining farzandi8-sinf

Y

Yaxshi ish
odamiylikning ikkinchi mezoni5-sinf
Yaxshi soʻz
odamiylikning tamal toshi, tarbiyalanganlikning asl mevasi, insonning ziynati5-sinf
Yaxshi xulq
odamiylikning uchinchi alomati5-sinf
Yelvagay
chala kiyish11-sinf 2-qism
Yelvizak
oʻtkinchi shamol11-sinf 2-qism
Yetti uxlab tushida koʻrmaslik
hech qachon koʻrmaslik11-sinf: iboralar
Yetti uxlab tushiga kirmaslik
mutlaqo oʻylamaslik, kutmaslik11-sinf: iboralar
Yozuq
gunoh, ayb, qilmish8-sinf
Yogʻdu
nur, yorugʻlik8-sinf
Yogʻiy
dushman8-sinf
Yogʻiy
dushman, gʻanim10-sinf: sinonimlar va izohlar
Yukunmoq
yolvormoq10-sinf 2-qism
Yuragini yormoq I
qattiq choʻchitib qoʻrqitmoq. Maʼnodoshi: oʻtakasini yormoq. Oʻxshashi: kayfini uchirmoq.11-sinf: iboralar
Yuragini yormoq II
ichidagi istak yoki dardini aytmoq11-sinf: iboralar
Yuragi orqasiga tortib ketmoq
bir lahza ich-ichidan qoʻrquv aralash qattiq hayajonlanmoq. Varianti: yuragi orqasiga urib ketmoq.11-sinf: iboralar
Yuragi poʻkillamoq
biror yoqimsiz ishning yuz berishidan hadiksiramoq11-sinf: iboralar
Yuragi qon boʻlmoq
1) diltang, ziq boʻlmoq; 2) ruhan azoblanmoq. Maʼnodoshi: yuragi siqilmoq; yuragi ezilmoq.11-sinf: iboralar
Yuragi qoq yorila yozdi
sevinib, juda kuchli hayajonlanmoq11-sinf: iboralar
Yuragi tars yorilib ketayozdi
sabr-chidami tugab, xunob boʻlib ketmoq11-sinf: iboralar
Yuragi toshib ketmoq
kechinmalari ichiga sigʻmay, kimgadir aytish ehtiyoji tugʻilmoq11-sinf: iboralar
Yuzidan oʻta olmaslik
biror ishni qilishda kimningdir raʼyi, xohishi bilan hisoblashmoq11-sinf: iboralar
Yuziga oyoq qoʻymoq
behurmat qilish darajasida hisoblashmaslik. Varianti: yuziga oyoq bosmoq; yuziga oyoq tiramoq.11-sinf: iboralar
Yuzi shuvut boʻlmoq
uyatli holda qolmoq5-sinf
Yuzi shuvut boʻlmoq
uyatli holatda qolmoq. Varianti: beti shuvut boʻlmoq; Zidi: yuzi yorugʻ boʻlmoq.11-sinf: iboralar
Yoʻymoq
biror narsaning sababini oʻzicha taxmin qilmoq8-sinf

Z

Zabarjad
yashil rangli qimmatbaho tosh5-sinf
ZAGS
FHDYB — fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi11-sinf 2-qism
Zard
sariq11-sinf 2-qism
Zavj
er, qayliq10-sinf 1-qism
Zavja
xotin, rafiqa10-sinf 1-qism
Zavja
xotin11-sinf 2-qism
Zavraq
dara11-sinf 2-qism
Zindon
mahbuslar saqlanadigan yer ostidagi qorongʻi joy11-sinf 2-qism
Ziqna
xasis, baxil11-sinf 2-qism
Ziroat
dehqonchilik5-sinf
Ziyo
bilim, ilm, maʼrifat8-sinf
Ziyorat qilmoq
muqaddas joylarni borib koʻrmoq; qabrlarni ziyorat qilib, xabar olmoq8-sinf
Zora
qani edi, koshki edi8-sinf

Oʻ

Oʻllamoq
balandlikka koʻtarilmoq8-sinf
Oʻpkasi toʻlmoq
iztirob chekib, yigʻlab yuborish holatiga yetmoq. Oʻxshashi: xoʻrligi kelmoq; yigʻlamoqdan beri boʻlmoq.11-sinf: iboralar
Oʻzini bosmoq
hayajon holatida oʻzini tutmoq8-sinf
Oʻzini chetga olmoq
aralashishni istamaslik8-sinf

Gʻ

Gʻaddor
xoin, zolim, bevafo11-sinf 2-qism
Gʻaniy
boy, nafsini tiygan8-sinf
Gʻavvoslik
suv ostiga shoʻngʻib ishlash, suzish8-sinf
Gʻurbat
gʻariblik, musofirlik; gʻam-gʻussa10-sinf 2-qism
Gʻurur
insonning oʻz qadr-qimmatini bilishi, izzat-nafs8-sinf
Gʻurur
insonning oʻz qadr-qimmatini bilish hissi, izzat-nafs, faxr, iftixor; baʼzan kibr, magʻrurlik9-sinf
Gʻoʻch (shevada)
mard, botir10-sinf: sinonimlar va izohlar

Sh

Shahid
haqqoniyat yoʻlida qurbon boʻlgan kishi5-sinf
Shahodat
biror narsa yuzasidan beriladigan guvohlik11-sinf 2-qism
Shajar
daraxt8-sinf
Shaʼn
insonga, shaxsga tegishli boʻlgan qadr-eʼtibor, sharaf, shuhrat; obroʻ9-sinf
Shaʼn
obroʻ, or-nomus, mavqe11-sinf 2-qism
Shaqiy
baxtsiz, oʻzboshimcha11-sinf 2-qism
Sharaf
faxrlanishga arziydigan narsa, ijobiy xislat8-sinf
Sharofat
1) xosiyat, yaxshilik; 2) (kinoya bilan) kasofat, yomonlik11-sinf: iboralar
Shayx
islom dini tarqalgan mamlakatlarda, avvalo, bilimdon kishilarga, soʻngra ulamo va faqihlarga berilgan nom; keyinchalik muqaddas joylarning mutasaddilari ham shayx deb yuritilgan10-sinf: sinonimlar va izohlar
Shayx ul islom
islom dini boʻyicha eng yuksak maqomdagi olim8-sinf
Shashmaqom
olti qismdan iborat oʻzbek musiqa asari5-sinf
Sheva
umumxalq tilining maʼlum hududga xos tarmogʻi, mahalliy til8-sinf
Shijoat
harakat, faoliyatda mardona, jasoratli intilish, mardlik, jasorat9-sinf
Shirinsuxan
ogʻzidan bol tomadigan5-sinf
Shigʻovul
Buxoro xonligida adolat istab kelganlardan amir nomiga ariza qabul qilib, javobini yetkazuvchi amaldor8-sinf
Shoh
podsho5-sinf
Shohichi
ipak savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxs11-sinf 2-qism
Shox
daraxt yoki hayvon shoxi5-sinf
Shpris
porshenli tibbiyot asbobi11-sinf 2-qism
Shuaro
shoirlar8-sinf
Shukrona
berilgan neʼmat uchun minnatdorlik; shu niyatda qilinadigan yaxshi ish8-sinf
Shuʻla
lipillab, koʻrinib-koʻrinmay turgan olov yoki yorugʻlik8-sinf

Ch

Chakmon
odatda, jun matodan tikiladigan erkakcha uzun qishki toʻn8-sinf
Chat
internet orqali jonli yozishib muloqot qilish va shunga moʻljallangan dastur (inglizcha chatter — «valdiramoq», «vaysamoq»)5-sinf
Chek I
chegara, eng soʻnggi chegara. Shoʻxliklariga chek qoʻymoq. Bolalarning shodligiga chek yoʻq edi.10-sinf: sinonimlar va izohlar
Chek II
chegaralari aniq belgilangan yer uchastkasi10-sinf: sinonimlar va izohlar
Chek III
qurʼa, bir ishni bajarish majburiyatini yuklovchi shartli belgi. Chek tashlamoq. Chek menga chiqdi.10-sinf: sinonimlar va izohlar
Chek IV
maʼlum summani bankdan, kassadan olish yoki boshqa yerga oʻtkazish huquqini beruvchi hujjat. Siz bergan chek bilan bankdan pulimni oldim.10-sinf: sinonimlar va izohlar
Chek V
1) tortmoq. Iztirob chekmoq. Gʻam chekmoq; 2) tushirmoq. Imzo chekmoq. Gul chekmoq.10-sinf: sinonimlar va izohlar
Cherik
qoʻshin5-sinf
Cherik
qoʻshin, lashkar11-sinf 2-qism
Childirma
chertib chalinadigan musiqa asbobi, doira, daf8-sinf
Chiston
narsa yoki hodisaning muhim belgilarini tasvirlab, nimaligini topishni oʻquvchiga havola etadigan sheʼriy shakl8-sinf
Choshnagir
xon dasturxoniga masʼul, taomni tatib koʻruvchi saroy amaldori8-sinf

«

«Ha-hu» deguncha
juda qisqa muddatda, tezda. Maʼnodoshi: «hash-pash» deguncha; koʻz ochib yumguncha.11-sinf: iboralar