Har bir variant kartasidagi soʻzlarning antonimini yozing va paronimlarning maʼnolarini farqlang.
1-variant
Berilgan soʻzlarning antonimini yozing:
- 1.yolgʻonchi — boʻsh joyJavob:rostgoʻy
- 2.hamma — boʻsh joyJavob:hech kim
- 3.pessimist — boʻsh joyJavob:optimist
Berilgan paronimlarning maʼnolarini yozing:
- 1.Amir — amrJavob:amir — xonlik yoki podsholik unvoni; amr — buyruq, farmon, farmoyish
- 2.Badnafs — badnafasJavob:badnafs — ochkoʻz, nafsi buzuq; badnafas — nafasi sovuq
- 3.Ganj — ganchJavob:ganj — xazina, boylik; ganch — suvoq uchun ishlatiladigan qurilish ashyosi
- 4.Juda — judoJavob:juda — nihoyatda, eng; judo — biror narsa yoki kimsadan ayrilgan
- 5.Qala — qalʼaJavob:qala — (oʻtinni) taxla; qalʼa — qasr, qoʻrgʻon
2-variant
Berilgan soʻzlarning antonimini yozing:
- 1.foydali — boʻsh joyJavob:zararli
- 2.kamob — boʻsh joyJavob:serob
- 3.koʻrindi — boʻsh joyJavob:yashirindi, bekindi
Berilgan paronimlarning maʼnolarini yozing:
- 1.Adresat — adresantJavob:adresat — xat, telegramma oluvchi; adresant — xat, telegramma yuboruvchi
- 2.Arpa — arfaJavob:arpa — bugʻdoysimon oʻsimlik va uning hosili; arfa — uchburchak shaklidagi, nohun bilan chalinadigan musiqa asbobi
- 3.Uzik — uzukJavob:uzik — uzilgan; uzuk — taqinchoq
- 4.Kampaniya — kompaniyaJavob:kampaniya — muhim masalani amalga oshirish uchun maʼlum muddatda oʻtkaziladigan ish; kompaniya — korxona, birlashma
- 5.Nasha — nashʼaJavob:nasha — narkotik modda; nashʼa — huzur, halovat
3-variant
Berilgan soʻzlarning antonimini yozing:
- 1.muzladi — boʻsh joyJavob:eridi
- 2.yolgʻon — boʻsh joyJavob:rost, chin
- 3.qazidi — boʻsh joyJavob:koʻmdi
Berilgan paronimlarning maʼnolarini yozing:
- 1.Burj — burchJavob:burj — yulduzlar turkumi; burch — vazifa, majburiyat
- 2.Kuyindi — kuyundiJavob:kuyindi — kuyishdan qolgan iz; kuyundi — kuyunmoq (qaygʻurmoq) feʼlidan
- 3.Xayol — xiyolJavob:xayol — oʻy, fikr; xiyol — sal, ozgina
- 4.Unim — unumJavob:unim — 1) ovozim; 2) (bir qop) unim; unum — baraka
- 5.Yonilgʻi — yoqilgʻiJavob:yonilgʻi — gaz, kerosin, benzin kabi yonuvchi moddalar; yoqilgʻi — oʻtin, koʻmir kabilar
4-variant
Berilgan soʻzlarning antonimini yozing:
- 1.behisht — boʻsh joyJavob:doʻzax, jahannam
- 2.daromad — boʻsh joyJavob:chiqim, xarajat
- 3.naf — boʻsh joyJavob:zarar, ziyon
Berilgan paronimlarning maʼnolarini yozing:
- 1.Traktor — traktirJavob:traktor — qishloq xoʻjaligi mashinasi; traktir — kichik xususiy mehmonxona
- 2.Laxcha — lahjaJavob:laxcha (choʻgʻ) — endigina yonib boʻlgan koʻmir yoki oʻtinning qip-qizil choʻgʻi; lahja — shevalar yigʻindisi
- 3.Vaqf — voqifJavob:vaqf — vasiyat qilingan, bagʻishlangan mulk; voqif — xabardor, boxabar
- 4.Dafina — dafnaJavob:dafina — yerga koʻmilgan boylik, xazina; dafna — doim yashil, xushboʻy daraxt
- 5.Qura — qurʼa — qoʻraJavob:qura — qura boshladi; qurʼa — chek; qoʻra — qoʻylar qoʻtoni
5-variant
Berilgan soʻzlarning antonimini yozing:
- 1.bahor — boʻsh joyJavob:kuz, kuzak
- 2.jazo — boʻsh joyJavob:mukofot
- 3.chinakamiga — boʻsh joyJavob:hazilakam
Berilgan paronimlarning maʼnolarini yozing:
- 1.Abzal — afzalJavob:abzal — yugan, egar, jabduq kabi ot asboblari; afzal — nisbatan yaxshi, maʼqul
- 2.Bazoʻr — bahuzurJavob:bazoʻr — zoʻrgʻa, arang; bahuzur — bemalol, oʻngʻaysizlik sezmay
- 3.Dakki — daqqiJavob:dakki — tanbeh, hayfsan; daqqi — tinkasi qurigan, holdan toygan
- 4.Qari — qaʼriJavob:qari — keksa, moʻysafid; qaʼri — tagi, osti
- 5.Tarif — taʼrifJavob:tarif — baholar, narxlar koʻrsatkichi; taʼrif — tavsif, tasvir
6-variant
Berilgan soʻzlarning antonimini yozing:
- 1.aziz — boʻsh joyJavob:xor
- 2.koʻkardi — boʻsh joyJavob:quridi
- 3.chuqur — boʻsh joyJavob:sayoz
Berilgan paronimlarning maʼnolarini yozing:
- 1.Ziyrak — zirakJavob:ziyrak — hushyor, tiyrak; zirak — ayollarning quloqqa taqadigan bezagi
- 2.Oqliq — oqlikJavob:oqliq — sutga solinadigan qatiq; oqlik — oq ranglilik
- 3.Lahm — lahimJavob:lahm — suyaksiz goʻsht; lahim — yerosti yoʻli
- 4.Alam — aʼlamJavob:alam — maʼnaviy ezilish, azob, ogʻriq; aʼlam — fatvoni tasdiqlovchi yoki rad etuvchi diniy arbob, bosh mufti