Har bir variant kartasidagi topshiriqlarni bajaring: omonimlarning maʼnolarini isbotlang, sinonim, antonim va maʼnolarini yozing.
1-variant
Berilgan soʻzlarning omonimligini isbotlang:
- 1.Alif (I, II)Javob:I — arab alifbosidagi birinchi harf; II (rus. olifa) — qurilishda ishlatiladigan moy
- 2.Boʻy (I, II)Javob:I — hid; II — qomat
- 3.Jild (I, II)Javob:I — gʻilof (yostiq jildi); II — asar qismi, tom
- 4.Kiy (I, II)Javob:I — bilyard choʻpi; II — kiyimni tanaga olmoq
- 5.Oq (I, II)Javob:I — farzanddan voz kechish (oq qildi); II — rang
Berilgan soʻzlarning sinonimlarini yozing (qavsda — nechta):
- 1.xat (3) — boʻsh joy
- 2.yogʻdu (3) — boʻsh joy
- 3.kishi (2) — boʻsh joy
2-variant
Berilgan soʻzlarning omonimligini isbotlang:
- 1.Taxt (I, II)Javob:I — hukmdorning hashamatli oʻrindigʻi; II — tayyor, shay
- 2.Ulash (I, II)Javob:I — tarqatmoq; II — ulanib ketmoq
- 3.Rom (I–IV)Javob:I — deraza ramkasi; II — fol; III — spirtli ichimlik turi; IV — oʻziga qaratish, jalb etish
- 4.Pix (I, II)Javob:I — mogʻor, poʻpanak; II — erkak parranda oyogʻidagi kuchli muguz
- 5.Biyron (I, II)Javob:I — soʻzamol (qizi borning tili biyron); II — tobiga yetkazib qovurilgan
Berilgan soʻzlarning maʼnolarini yozing:
- 1.Aftoda — boʻsh joyJavob:zaif, nochor
- 2.Gʻazol — boʻsh joyJavob:kiyik, ohu
- 3.Musoid etmaydi — boʻsh joyJavob:yordam bermaydi
- 4.Dublikat — boʻsh joyJavob:asl nusxaning koʻchirmasi, kopiyasi
- 5.Auksion — boʻsh joyJavob:kimoshdi savdosi
Berilgan soʻzlarning antonimini yozing:
- 1.muzladi — boʻsh joyJavob:eridi
- 2.yolgʻon — boʻsh joyJavob:rost, chin
- 3.qazidi — boʻsh joyJavob:koʻmdi
3-variant
Berilgan soʻzlarning omonimligini isbotlang:
- 1.Baravariga (I, II)Javob:I — oʻrniga, evaziga, badaliga; II — bir vaqtda
- 2.Diplomat (I, II)Javob:I — davlat vakili; II — qulflanadigan portfel
- 3.Kunda (I, II)Javob:I — har kuni; II — toʻnka
- 4.Tovon (I, II)Javob:I — oyoqning kafti; II — zararni qoplash uchun beriladigan mablagʻ
- 5.Yut (I–III)Javob:I — tomoqdan oʻtkazmoq; II — uy hayvonlarining ochlikdan qirilishi; III — yengmoq
Berilgan soʻzlarning maʼnolarini yozing:
- 1.Kashshof — boʻsh joyJavob:kashf qiluvchi
- 2.Manqush — boʻsh joyJavob:naqshlangan, bezalgan
- 3.Maqsud — boʻsh joyJavob:maqsad, istak
- 4.Avizo — boʻsh joyJavob:hisob-kitob operatsiyasi
- 5.Konsern — boʻsh joyJavob:moliyaviy rahbarlik tizimida birlashish
4-variant
Berilgan soʻzlarning omonimligini isbotlang:
- 1.Bron (I, II)Javob:I — band; II — zirh
- 2.Dom (I, II)Javob:I — tuzoq, sirtmoq; II — darak
- 3.Lava (I, II)Javob:I — shaxtada koʻmir qatlami yoppasiga qazib olinadigan joy; II — vulqondan oqib chiqadigan togʻ jinsi
- 4.Moʻrcha (I, II)Javob:I — Yevropada hammom; II — chumoli, qumursqa
- 5.Soya (I, II)Javob:I — koʻlanka; II — moy olinadigan oʻsimlik
Berilgan soʻz va koʻchma maʼnoli birliklarning maʼnolarini yozing:
- 1.Tarovat — boʻsh joyJavob:yangilik, tozalik
- 2.Handasa — boʻsh joyJavob:geometriya
- 3.Qoʻnoq — boʻsh joyJavob:mehmon
- 4.Rezyume — boʻsh joyJavob:qisqa xulosa
- 5.Byurokrat — boʻsh joyJavob:rasmiyatchi
- 6.Aravangni tort — boʻsh joyJavob:toshingni ter
- 7.«Piri Turkistoniy» — boʻsh joyJavob:Ahmad Yassaviy (Farididdin Attor taʼrifi)
5-variant
Berilgan soʻz va koʻchma maʼnoli birliklarning maʼnolarini yozing:
- 1.Alhol — boʻsh joyJavob:hozirda, shu paytda
- 2.Billoh — boʻsh joyJavob:xudo haqqi
- 3.Xob — boʻsh joyJavob:uyqu
- 4.Menejer — boʻsh joyJavob:yuqori malakali yollangan boshqaruvchi
- 5.Kompensatsiya — boʻsh joyJavob:tovon, biror narsa uchun toʻlanadigan haq, badal
- 6.Baxt qushi — boʻsh joyJavob:Humo
- 7.«Odam ush-shuaro» — boʻsh joyJavob:Rudakiy (shoirlar odam atosi)
6-variant
Berilgan soʻzlarning omonimligini isbotlang:
- 1.Arz (I, II)Javob:I — ogʻzaki shikoyat yoki iltimos; II — yer shari
- 2.Ivi (I, II)Javob:I — nam tortib yumshamoq; II — quyilib qolmoq (qon, sut-qatiq haqida)
- 3.Mushak (I–III)Javob:I — muskul; II — rang-barang yonuvchi modda bilan toʻldirilgan zaryad; III — sabzining uchi toʻmtoq turi
- 4.Kadr (I, II)Javob:I — bitta surat, yakka rasm; II — xodim, mutaxassis
- 5.Sir (I–III)Javob:I — yashirin tutilgan narsa; II — pishloq; III — metall buyumning boʻyogʻi
Berilgan soʻz va koʻchma maʼnoli birliklarning maʼnolarini yozing:
- 1.Nihon — boʻsh joyJavob:yashirin, pinhon
- 2.Teva — boʻsh joyJavob:tuya
- 3.Akobir — boʻsh joyJavob:eng ulugʻ, kattalar
- 4.Privatizatsiya — boʻsh joyJavob:mol-mulkni davlat hisobidan chiqarish, xususiylashtirish
- 5.Broker — boʻsh joyJavob:rasmiy dallol
- 6.Yeru koʻkka ishonmaslik — boʻsh joyJavob:ardoqlash
- 7.Mavjudot sultoni — boʻsh joyJavob:inson
- 8.Arava — boʻsh joyJavob:aroba