1-topshiriq
Gaplardagi ajratilgan oʻzlashma soʻzlarga quyida berilgan qatordan oʻzbekcha muqobil tanlang. Qaysi soʻzlar aslidek qoʻllanilmoqda?
Namuna:Dangʻillama uchastka. Oʻrtada fontan. — Dangʻillama hovli. Oʻrtada favvora.
- 1.Tilla magazinni oʻmargansiz.
- 2.Men tomonda qonun. Mana ZAGS qogʻozi.
- 3.Oq xalat kiygan doktor kirib keladi, sumkadan bahaybat shprisni chiqarib, ukol qilishga tayyorlanadi.
- 4.Mehmonxonada emas, student qizlar yotoqxonasida.
- 5.Bu dunyodan nasibam uzilib turibdi-ku, spravka deydi-ya.
- 6.Men Qilichbek emas, militsiya leytenanti Anvar Maqsudovman. (E. Vohidov. «Oltin devor»)
Tavsiya etilgan soʻzlar
- hovli, maydon
- talaba
- doʻkon
- favvora
- maxsus ust kiyim
- maʼlumotnoma
- porshenli tibbiyot asbobi
- sanchish
- yukxalta
- FHDYB (fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish boʻlimi)
- ofitser unvoni
- jamoat tartibini qoʻriqlash boʻlimi