Asosiy mazmunga oʻtish
Lison sehri
Kirish
Taqdimotlar

2-mavzu

Bir maʼnoli va koʻp maʼnoli soʻzlar. Koʻchma maʼno turlari

Lison sehri · 2-mavzu

Bir maʼnoli va koʻp maʼnoli soʻzlar. Koʻchma maʼno turlari

Slayd 1 / 12

Reja

  1. 1.Soʻzning leksik va grammatik maʼnolari
  2. 2.Bir maʼnoli va koʻp maʼnoli soʻzlar
  3. 3.Nutqda oʻz va koʻchma maʼnoli soʻzlarni qoʻllash

Asosiy atamalar

bir maʼnoli soʻz

Faqat bitta maʼnoga ega soʻz (masalan: geografiya, Toshkent)

Odatda atamalar va atoqli otlar bir maʼnoli boʻladi

koʻp maʼnoli soʻz

Bir-biri bilan bogʻliq bir necha maʼnoga ega soʻz (masalan: odamning koʻzi — ignaning koʻzi)

Polisemiya: yunoncha poli — koʻp, sema — maʼno

oʻz maʼno

Soʻzning birinchi, asosiy maʼnosi (masalan: odamning qulogʻi)

Koʻchma maʼno shundan hosil boʻladi: qozonning qulogʻi

Atamalarni mashq qilish
Amaliy topshiriqlar4 ta topshiriq

1-topshiriq

Har bir soʻz berilgan birikmalarda koʻp maʼnoli (polisemiya) yoki shakldosh (omonimiya) ekanini aniqlang va belgilang.

  • Ppolisemiya (koʻp maʼnoli)
  • Oomonimiya (shakldoshlik)
  1. 1.Qora — qora qogʻoz · qora kunlar
  2. 2.Magʻiz — danak magʻzi · gapning magʻzi
  3. 3.Yozmoq — supra yozmoq · xat yozmoq
  4. 4.Yozmoq — qanot yozmoq · koʻngil yozmoq · chigal yozmoq
  5. 5.Yoz — yoz fasli · qalamda yoz
  6. 6.Yoʻl — yoʻl yurmoq · tuzalish yoʻli
  7. 7.Kul — oʻchoq kuli · ustidan kul
  8. 8.Toy — toy minmoq · paxta toyi · toyib yiqil
  9. 9.Til — odam tili · ingliz tili
  10. 10.Til — tirnoq bilan til · til bilmoq
  11. 11.Boy — boy odam · soʻzga boy
  12. 12.Boʻy — boʻyi kalta · muattar boʻy
  13. 13.Shish — boshdagi shish · qovogʻi shish(di)
  14. 14.Oq — oq latta · oq farzand
  15. 15.Oq — koʻzning oqi · oq yoʻl tila
  16. 16.Kirmoq — uyga kirmoq · oʻqishga kirmoq
  17. 17.Uch — uchta «Tiko» · qalam uchi · shimolga uch
  18. 18.Kecha — oydin kecha · kecha kelgan
  19. 19.Koʻcha — tor koʻcha · koʻngil koʻchasi
  20. 20.Boring — ishga boring · boring shumi
  21. 21.Oʻxshamoq — otasiga oʻxshaydi · ishim oʻxshamadi
  22. 22.Kelishgan — mehmonlar kelishgan · kelishgan yigit
  23. 23.Atlas — atlas koʻylak · Jahon atlasi
  24. 24.Temir — temir eritmoq · temir iroda

2-topshiriq

Quyida berilgan shakldosh soʻzlar orasidan bir xil grammatik koʻrsatkich (qoʻshimcha)ni qabul qila oladiganlarini belgilang.

Namuna:Ot — ism (✓) · uloqtir (–) · tulpor (✓)

  1. 1.Tom — jild (kitobda) · uyning «doʻppi»si · tomchining tomishi
  2. 2.Osh — ovqat · togʻdan osh · meʼyordan osh
  3. 3.Toʻla — liq toʻlgan · qarzni toʻla · yertoʻla
  4. 4.Oshiq — suyak · ortiq · shoshil

3-topshiriq

Polisemiya va omonimiya haqida bildirilgan notoʻgʻri mulohazalarni belgilang.

  • Koʻp maʼnoli va shakldosh soʻzlar bir xil shaklga ega boʻlishi mumkin.
  • Koʻp maʼnoli soʻzlarda ham, shakldosh soʻzlarda ham ichki maʼnoviy bogʻlanish boʻladi.
  • Polisemiya va omonimiya hodisalari tilning boshqa-boshqa boʻlimlarida oʻrganiladi.
  • Koʻp maʼnoli soʻzlar, odatda, har xil turkumga mansub boʻladi.
  • Koʻp maʼnoli soʻzlar orasidagi maʼnoviy bogʻlanish yoʻqolishi natijasida shakldoshlar hosil boʻlishi mumkin.
  • Bir soʻz ayni vaqtda yo koʻp maʼnoli, yoki shakldosh boʻladi. Bir paytning oʻzida har ikkisi ham boʻlishi mumkin emas.
  • Qoʻy I (hayvon) va qoʻy II (piyolani qoʻy) omonimlari bir xil qoʻshimchani qabul qila olmaydi.
  • «Tez yugurmoq» va «tez kunlarda» birikmalaridagi «tez» soʻzi omonim soʻz emas.

Test

Toʻgʻri javobni tanlang.

Faqat shakldoshlardan iborat qatorni aniqlang.

  1. A)toʻp, bosh, qon, tortmoq
  2. B)yor, uy, karam, temir
  3. C)tanga, mayda, chaqmoq, ilmoq
  4. D)qovoq, tort, qosh, jonli