Maʼno koʻchish turlarini aniqlang
Keltirilgan gaplarda metafora yoʻli bilan maʼno koʻchishiga 1, metonimiyaga 2 raqamini qoʻyib chiqing.
- 1metafora
- 2metonimiya
- 1.Fikr bermoq.
- 2.Bizning uy togʻning etagida joylashgan.
- 3.Koʻk (osmon) – koʻk rang, koʻkat.
- 4.Atala (harakat) – atala (ovqat turi).
- 5.U mansabdan tushdi.
- 6.Doim sovuq xabar keltirasan.
- 7.Umringda ramazon oyida aytiladigan ramazon qoʻshigʻini eshitganmisan?
- 8.Arraning tishi sindi.
- 9.Fuzuliyni oldim qoʻlimga, Majnun boʻlib yigʻlab qichqirdi. (Hamid Olimjon)
- 10.Egarning qoshi.
- 11.Bu ogʻir gunoh sanalgan mutlaq.
- 12.Oʻnga kirdim.
- 13.Dehqonning qanoti.
- 14.Yarim yillik topshirildi.
- 15.Varrakning dumi.
- 16.Osmonga tikilar million juft koʻzlar.
- 17.Akkumulyator oʻtirdi.
- 18.Oy (yerning yoʻldoshi) – oy (oʻttiz kun).
- 19.Soʻzimning ustidan chiqdim.
- 20.Soat (oltmish minut) – soat (asbob).
- 21.Gap (nutq birligi) – gap (yigʻin, ziyofat).
- 22.Issiqqa chidayolmayman.
- 23.Ochiq koʻngilli inson boʻlaylik.
- 24.Koʻch (harakat) – koʻch (yuk).
- 25.Imtihondan yiqildi.
- 26.Kemaning tumshugʻi.
- 27.Bir joʻra atlas bering.
- 28.Men chuqurga tushib ketdim.
- 29.Doʻstlik iplari uzila boshladi.
- 30.Dasturxonga qaragan doʻst emas.
- 31.Bir laganni paqqos tushirdim.
- 32.Marhumning yettisi ertaga oʻtkazilar ekan.
- 33.Zal oyoqqa turdi.
- 34.Agar pul bermasang, hamma siringni ochaman.
- 35.Bayramni shahar yaxshi kutib oldi.
- 36.Yarim tunda uyqum qochdi.
- 37.Qisqa vaqtda tilshunos boʻlish mumkin.
- 38.Ana, shlyapa kelyapti.
- 39.Auditoriya kuldi.
- 40.Oshxonaning ahvolini koʻrib ishtaha qochdi.
- 41.Uchga chiqsang, oʻng tarafda bizning xona.
- 42.Qayerga borsang, fitna qoʻzgʻab yurasan.
- 43.Ovozning dagʻallashishi.
- 44.Gapning dagʻallashishi.