Asosiy mazmunga oʻtish
Lison sehri
Kirish
Taqdimotlar

4-mavzu

Maʼno koʻchish usullari: sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya

Lison sehri · 4-mavzu

Maʼno koʻchish usullari: sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya

Slayd 1 / 12

Reja

  1. 1.Sinekdoxa va uning belgilari
  2. 2.Vazifadoshlik va uning oʻziga xos xususiyatlari
  3. 3.Kinoya va uning qoʻllanilishi

Asosiy atamalar

sinekdoxa

Qism va butun munosabatiga asoslangan maʼno koʻchishi (masalan: Ana, quloq kelyapti)

Metonimiyaning bir turi hisoblanadi

vazifadoshlik

Bir xil vazifani bajargani uchun bir narsa nomining boshqasiga koʻchishi (masalan: oʻq — nayza, oʻq — miltiq oʻqi)

Samolyotning qanoti, chiroqning piligi ham shu turga kiradi

kinoya

Soʻzni maʼqullagandek boʻlib, aslida teskari, istehzoli maʼnoda qoʻllash (masalan: Ana, «matematik» kelyapti)

Ijobiy soʻz salbiy maʼnoda ishlatiladi

Atamalarni mashq qilish
Amaliy topshiriqlar1 ta topshiriq

Soʻz maʼnosi koʻchishi turini aniqlang

Har bir gapdagi maʼno koʻchishi turini aniqlang va namunadagidek belgilab chiqing.

  • Ametafora
  • Bmetonimiya
  • Csinekdoxa
  • Dvazifadoshlik
  • Ekinoya
  1. 1.Soʻzimning ustidan chiqdim.Namuna:A
  2. 2.Ana, quloq kelyapti.
  3. 3.Navoiyni kechadan beri koʻtarib yuribman.
  4. 4.Tuzsiz sheʼrlarim deb shirindan-shirin Bolalarim yurar oyoq uchida.
  5. 5.Nohaqdan bir inson qonini toʻkma, Gunoh dengiziga choʻkma.
  6. 6.Bu qora koʻzlarda nima ayb.
  7. 7.Marhumning qirqiga borib edim.
  8. 8.Mana yoz kelib, issiq ham tushib qoldi.
  9. 9.Negadir ovozim dagʻallashib qoldi.
  10. 10.Butun sinf darsga tayyorlanmagan.
  11. 11.Tushlikka yupqa pishirdik.
  12. 12.Bu «professor» doʻstimiz hammani sharmanda qildilar.
  13. 13.Toʻrtga chiqsang, chap tomonda bizning auditoriya.
  14. 14.Eshigimda koʻp odam ishlagan.
  15. 15.Poyiga ipakdan palak soldilar, Soʻng yuksak bir taxtni etdilar tortiq.
  16. 16.Nafasingni issiq qil.
  17. 17.Ahdingni buzma zinhor.
  18. 18.Qaro koʻzum, kel-u mardumlugʻ emdi fan qilgʻil.
  19. 19.Piymaning salla boʻlgani shudir, Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa.
  20. 20.Bola onasining oldiga tushib, pildirab ketdi.
  21. 21.Sen faqat sovuq xabar keltirasan.
  22. 22.Radioning qulogʻini burab yubor.
  23. 23.Otam keltirgan xitoydan yasadim varrak.
  24. 24.Bir joʻra atlas qancha turadi.
  25. 25.Peshanamizga tirnoq bitmadi.
  26. 26.Eshitgan quloq nima deydi?
  27. 27.Dunyoda oʻzimizdan keyin qoladigan tuyogʻimiz faqat shul Otabekdir.
  28. 28.«Sen mening oʻng qoʻlimsan», – dedi ona oʻgʻliga.
  29. 29.Nonim chuqurga tushib ketdi.
  30. 30.Bizning askarlar dushman tarafdan bitta til tutib keldilar.
  31. 31.Bedilni oʻqirdim tunlar.
  32. 32.Ichak-chavogʻim tugadi, endi kalla sotaman.
  33. 33.Navbatim sumka koʻtargan «jinsi»dan keyin.
  34. 34.Men qilurman sajda egma qoshima.
  35. 35.Olma archayotib qoʻlini kesib oldi.
  36. 36.Zal oyoqqa turdi.
  37. 37.Chirogʻing piligini pasaytir.
  38. 38.Samolyotning qanoti pishiq ishlangan.
  39. 39.Temir qonun haliyam amalda.
  40. 40.Toʻy erta kuzaldi.
  41. 41.Muzeyda Behzodni tomosha qildim.
  42. 42.Samovarda osh yedik.
  43. 43.Bu – pistoletning oʻqi.
  44. 44.Oltin kuz keldi.
  45. 45.Yoʻgʻon boʻyinlar bekor yurishibdi.
  46. 46.Qoshining oʻsmasi oqib ketibdi.