Asosiy mazmunga oʻtish
Lison sehri
Kirish
Taqdimotlar

5-mavzu

Atamashunoslik. Atama va uning turlari

Lison sehri · 5-mavzu

Atamashunoslik. Atama va uning turlari

Slayd 1 / 12

Reja

  1. 1.Atamashunoslik boʻlimi haqida
  2. 2.Ilmiy atamalar va ularning xususiyatlari
  3. 3.Kasbiy atamalar va ularning xususiyatlari

Asosiy atamalar

atama

Fan, texnika yoki sanʼat sohasidagi aniq tushunchani ifodalaydigan soʻz yoki soʻz birikmasi

Termin (lotincha terminus — «chegara»); odatda bir maʼnoli

atamashunoslik

Atamalarni yaratish, qoʻllash va tartibga solish qoidalarini oʻrganuvchi soha

Terminologiya deb ham ataladi

atamalar izohli lugʻati

Bir sohadagi atamalarning maʼnolari tushuntirilgan lugʻat

Sohaviy lugʻatlar sirasiga kiradi

Atamalarni mashq qilish
Amaliy topshiriqlar4 ta topshiriq

1-topshiriq

Berilgan soʻzlarning qaysi kasb-hunarga oidligini aniqlang. Oʻzingiz ham shunday soʻzlarga misollar keltiring.

  • qolip
  • betlik
  • poshna
  • charm
  • shirach
  • sandon
  • dam
  • koʻra
  • bosqon
  • bolgʻa
  • andava
  • mola
  • chaplama suvoq
  • iskana
  • randa
  • shovun
  • tesha

2-topshiriq

Oʻzbekcha kurash bilan bogʻliq atamalarga diqqat qiling. Dunyo tillariga kirib ulgurgan oʻzbek kurashi terminlari (masalan, yonbosh, halol kabi)ni sanang.

Polvonlarda kurash hadislarining oʻz nomi bor, hammasini esa «chil» deyishadi. Chilni koʻp biladigan polvonni «ilmi koʻp, amali koʻp» deb ham atashadi. Chillarning baʼzi birlari tojikcha, baʼzi birlari oʻzbekcha. Masalan, «pushburdor» degan chil bor, bu – yelkadan oshirib otish usuli. «Morpech» chili – raqibining oyogʻini oʻz oyogʻing bilan ilondek chirmab olib, burab yiqitish. Oʻzbekcha chillardan «tuya chil» – mayda-chuyda harakat qilib oʻtirmay, raqibini toʻgʻridan toʻgʻri oyoq qoʻyib agʻdarish usuli. Chilning «ildirish», «qoqma», «siltov», «yotib otar», «choʻnqaytma» degan usullari ham bor.

3-topshiriq

Quyidagi soʻzlarni koʻchiring, izohlarini yodlab oling.

Tovar
sotish uchun chiqarilgan mahsulot
Narx
tovar qiymatining puldagi ifodasi
Daromad
kishi (oila)ning maʼlum vaqtda qoʻlga kiritgan moddiy hamda pul tushumlari
Akkaunt
ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchining nomi
Bloger
oʻz qarashlarini internetdagi maʼlum bir platformada doimiy ravishda eʼlon qiladigan kishi
Avatarka
foydalanuvchi taqdimoti sifatida tanlangan rasm
Fayl
kompyuterda maʼlumot saqlovchi diskning nomlangan sohasi
Mem
mashhur boʻlib, bahsga aylangan gʻoya yoki rasm
Xeshteg
ijtimoiy tarmoqlarda mavzu boʻyicha xabarlarni tarqatishda foydalaniladigan yorliq
Veb-sahifa
internetdagi hujjat va maʼlumotlar zaxirasi
Vebinar
internet orqali toʻgʻridan toʻgʻri oʻtkaziladigan mashgʻulot
Dayjest
maʼlum bir mavzu boʻyicha eng qiziqarli nashrlarni yetkazadigan maqola

4-topshiriq

Berilgan soʻzlarni ilmiy va kasbiy terminlarga ajrating.

  • tenglama
  • soatsozlik
  • randa
  • miloddan avvalgi
  • hujayra
  • shpris
  • kashta
  • andava
  • sheʼr
  • imlo
  • toʻgʻri toʻrtburchak
Ilmiy terminlarKasbiy terminlar