1-topshiriq
Berilgan gaplardagi nuqtalar oʻrniga qavs ichidagilardan mosini tanlab qoʻying va sabablarini izohlang.
- 1.Ukam boʻsh joy (sariq, sargʻayma, gepatit) boʻlib qoldi, shuning uchun naʼmatak damlab ichiryapmiz.
- 2.Xayri xola boʻsh joy (qizil gul, qizamiq, chechak) boʻlib, tashqariga chiqolmay qolibdi.
- 3.Nihoyat, afting qurgʻur boʻsh joy (asfalasofilinga ravona boʻlibdi, qazo qilibdi, oʻlibdi).
- 4.Devor eski, ehtiyot boʻling: orasida boʻsh joy (chayon, gajak, oti yoʻq) boʻlmasin yana.
- 5.Qarasam, chuqur toʻla boʻsh joy (argʻamchi, ilon, uzun opa)! Vashillab yotibdi!