1-topshiriq
Berilgan gaplardagi shevaga xos soʻzlarning fonetik va leksik xususiyatidan kelib chiqib, qaysi hududlarda qoʻllanishini aniqlang.
- 1.Shashma-shashma, qoʻrquvdirgan jeri joʻq, qani, munday uzatchi... (Murod Mansur)
- 2.Ur-re, chopdik, opoqbuvimlarga. Ayamam keluttilar! – dedi Yodgor. (Murod Mansur)
- 3.Keyin kulib hamda gʻijinib davom etdi: – Shundoq ketivossam, roʻparamdan ikkita davangi kevotti. (Sh. Xolmirzayev)
- 4.Toʻgʻriga yurib, chapga burilsangiz, guzarga chiqasiz. Choyxona ashatda. (Tohir Malik)
- 5.Oʻjaki biram chiroyli, katta. Ertaga oʻviz pishiramiz. Sen oʻvizni yaxshi koʻrasanmi? (Oʻ. Umarbekov)
- 6.Eb-ey, yaxshilikka yomonlik! – dedi. – Men seni boʻlam deb aytib edim, boʻlaginam deb aytib edim, eb-ey! (Togʻay Murod)
- 7.Jichcha quying, azizim... kelgan, ketgan boʻlsa, yaxshi boʻpti. (Sh. Xolmirzayev)
- 8.Katta-katta koʻpkarilarda uloq toʻdadan sagʻal chiqsa boʻldi, halol boʻladi. (Togʻay Murod)
- 9.Sizning Toshkentingizga Toshxon, Toshbibi degan ayollar bormi?